Hirovul (moʻgʻulcha – yakkalanmoq, uzoqlashmoqdan) – ilgʻor qism, avangard. Amir Temur yurishlariga oid forsiyda bitilgan tarixiy manbalarda qayd etilgan. Eski oʻzbek tili man-balarida H.ning irovul (eravul) fo-netik varianti ham mavjud boʻlib, u „Boburnoma“ va Abulgʻoziyning „Sha-jarayi turk“ida ishlatilgan. H.bir qator obidalarida boshqa bir moʻgʻulcha manglay (mangʻliy) atamasi bilan al-mashingan. Jangovar tartibga binoan H. lashkarning peshravi (avanposti) qorovullan keyin, yaʼni markaz gʻuldan oldin, oʻng qanot (barangʻar) va chap qanot (juvangʻar) oraligʻida hara-kat qilgan. H.ga janglarda suyagi qotgan, tajribali, bahodir jangchilar jalb etilgan, atoqli sarkardalar qoʻmondonlik qilgan. Sohibqiron qoʻshinida asosiy, bosh H. qatori oʻng qoʻl va soʻl qoʻlning ham H.i mavjud boʻlgan.