Hisoblash biologiyasi xalqaro jamiyati

Hisoblash biologiyasi xalqaro jamiyati (inglizcha: The International Society for Computational Biology, ISCB) — bioinformatika va hisoblash biologiyasi sohasida ishlaydigan tadqiqotchilarning professional hamjamiyatidir. 1997-yilda yaratilgan. Prezidenti — Tomas Lengauer.

Hisoblash biologiyasi xalqaro jamiyati
Turi ilmiy jamiyat, ilmiy jamiyat, ochiq foydalanish mumkin boʻlgan jamiyat va nashriyotchi
Ishga tushgan sanasi 1997-yil
Joylashuvi AQSH bayrogʻi AQSh, Betesda (Meryland), 9650 Rockville Pike
Tomas Lengauer
Aʼzolari 70 ta mamlakat
Vebsayti iscb.org

Faoliyati

tahrir

Tashkilot homiyligida Molekulyar biologiya uchun „intelligent Systems for Molecular Biology“ (ISMB) yillik konferensiyasi oʻtkaziladi.

ISCB ikkita ixtisoslashgan jurnalni nashr etadi: „PLoS Computational Biology“ vaBioinformatics“.

Tashkilot har yili hisoblash biologiyasi va bioinformatikani rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun mukofotlar beradi. Mukofotning turli yillardagi gʻoliblari Webb Miller, David Haussler, Temple F.Smith, Michael Waterman, Janet Thornton va boshqalar boʻlgan.

Boshqa tashkilotlar bilan aloqa

tahrir

Jamiyatga 70 ta davlatdan 2500 dan ortiq kishi aʼzodir[1]. Tashkilot FASEBning kollektiv aʼzosi hisoblanadi[2]. Butun dunyo boʻylab koʻplab ixtisoslashgan tashkilotlar ISCBga tegishli, jumladan „Asia pacific bioinformatics network“ (Osiyo Tinch okeani bioinformatika tarmogʻi) va „European society for mathematical and theoretical biology“ (Matematik va nazariy biologiya boʻyicha Yevropa jamiyati) shular qatoriga kiradi[3].

Manbalar

tahrir
  1. „ISCB About Us“. 16-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2009-yil.
  2. „FASEB Member Societies“. 31-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2015-yil.
  3. „ISCB Affiliates“. 17-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2009-yil.

Yana qarang

tahrir
  • Matematik biologiya

Havolalar

tahrir