Hisor dionisiyasi (lotincha: Dionysia hissarica) — navroʻzguldoshlar oilasi, dionisiya turkumiga kiruvchi ikki urugʻpallali gulli oʻsimlik turi. Hayotiy shakli — yarim buta. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob endemik tur sifatida kiritilgan. Surxondaryo viloyati Hisor tizmasining janubiy yonbagʻirlarida Sangardak daryosining oʻrta oqimida uchraydi[1].

Hisor dionisiyasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Oila: Navro‘zguldoshlar
Binar nomi
Dionysia hissarica

Tavsifi

tahrir

Qoyalarning yoriqlaridan pastga qarab osilib oʻsuvchi yostiqsimon yarim buta. Ildiz boʻgʻzidan oʻsib chiqqan bir tutam poyalarida barglari navbatma-navbat joylashgan. Eski yopirma barglari saqlanib qolgan. Barglari oddiy, yumshoq, yupqa, tishchali, bezchali tuklar bilan qoplangan, oʻziga xos hidga ega. Gullari ikki jinsli, sariq. 2-3 ta, gulkosachabarg bilan oʻralgan, pastga etilib turuvchi gulpoyalarda joylashgan. Har bir gulda alohida changchi va urugʻchibarg joylashgan. Iyun iyul oylarida gullab mevasi avgustda pishadi. Urug‘i orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

tahrir

Tabiatda kam tarqalgan, 5 ta sernam joyda oʻsishi maʼlum, kichik toʻp hosil qilib oʻsadi, har bir toʻpda 20 tadan 200 tagacha oʻsimlik boʻladi. Surxondaryo viloyati Hisor tizmasining janubiy yonbagʻirlarida Sangardak daryosining oʻrta oqimida uchraydi. Togʻning oʻrta qismidagi sernam joylarda, sharsharalar yaqinidagi qumtosh qoyalarning yoriqlarida oʻsadi. Kamayib ketishining asosiy sababi oʻsimlik urugʻining unib chiqishi uchun yetarlicha tabiiy sharoitning yetishmasligi, hamda boshqa ekologik omillarning kamligi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bogʻida koʻchat qilib ekilganda ham urugʻi orqali koʻpaytirishga urinilganda ham ijobiy natija olinmagan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Дионисия гиссарская— Dionysia hissarica— Описание таксона — Плантариум“. 2015-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-may.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.