Hiyol — tomatdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik turi. Fargʻona vodiysi, Oloy tizma togʻining shimoliy yon bagʻirlari, Soʻx va Shohimardon daryolari havzalarida tarqalgan. Boʻyi 50 sm, ildizi 200 sm gacha chuqurlikda joylashgan. Barglari keng, tuxumsimon, uz. 6—10 sm, eni 4—7 sm. Gullari toʻpgullarga yigʻilgan. Mevasi koʻsakcha. Aprel-may oylarida gullab, iyunda urugʻlaydi. 2200–2500 m balandliqdagi archazorlarda, qoyalar tagidagi sernam joylarda, baʼzan ochiq yalangliklarda oʻsadi. Zaharli. Tarkibida giossiamin, skopolamin, belladonin va tibbiyotda qoʻllaniladigan alkoloidlar bor.