Hlubochepi qal’asi
Hlubochepi qal’asi (chex. Zámek Hlubočepy) — Praga shahri, Hlubochepi tumanidagi klassik meʼmoriy yodgorlik.
Hozirda shahar hududida joylashgan va biroz unutilgan yodgorliklardan biri deyish mumkin. U qishloq qal’alaridan biri ekanligi ajablanarli emas.
Shimoldan kirish joyi boʻlgan yopiq maydon (Glubochepskaya koʻchasi) baland devor bilan oʻralib, bu yerda ulkan minora ham bor. U bino qanotining davomi boʻlib, klassik uslubdagi derazalar koʻzga tashlanadi. Janubi-sharqdan (yangi turar-joy binolari hududidan) bir qarashda tarixiy yodgorlikka oʻxshamaydigan bir qator qattiq qal’a devorlarini koʻrish mumkin. Bu yoqning tarixiy ahamiyatidan xabardor boʻlmagan kishi diqqatga sazovor joyni katta ehtimol bilan eʼtiborsiz qoldiriadi.
Qal’aga ekskursiyalar va u boʻylab sayrlar oʻtkazilmaydi, chunki bugungi kunda u yerda tarixiy filmlar kinokompaniyasi joylashib, faoliyat koʻrsatadi. Ammo yaqin atrofdagi Jvagovskiy tepaligidan minoralarga qarash mumkin (chex. Žvahovský kopec). U yerdan chiroyli tabiiy manzara koʻrinadi.
Don ombori oldida (minorali bino) qurollar toʻplami joylashgan.
Qal’a 1958-yildan beri Chexiya madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan[1].
Tarixi
tahrirBirinchi istehkom binosiga 1571-yilda Yan Kutovets (chex. Jan Kutovec) tomonidan asos solingan. Keyinchalik, obyekt tez-tez egasini oʻzgartirib turgan. 1623-yilda uni qirollik maslahatchisi Pavel Mixna (chex. Pavel Michna) sotib olgan. Uning oʻgʻli mulkni 3000 reyn oltiniga iyezuitlarga sotadi. 1669-yilda iyezuitlar qal’ani oʻzlarining mahalliy faoliyat markaziga aylantirdi. Ammo 1773-yilda iyezuit ordeni bekor qilinganidan keyin, mulk davlat mulkiga aylanadi. Qal’a oʻzining zamonaviy qiyofasini, ehtimol, graf Frantishek A. Defoursga tegishli boʻlgan paytda olgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Nemovité památky“. Monumnet.npu.cz. 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-noyabr.
Havolalar
tahrir- Zamek Xlubochepi, Praga (Chexiya) — hrady.cz saytidagi qal’a.
- Qal’aning tarixi(ingl.) ) u yerda joylashgan kino kompaniyasining veb-saytida.
- Qal’aning rejasi(ingl.) ) u yerda joylashgan kino kompaniyasining veb-saytida.
- Qal’aning qush koʻzi bilan koʻrinishi(ingl.) ) u yerda joylashgan kino kompaniyasining veb-saytida.