Hodad's
Hodad’s – San-Diegodagi gamburger restoranlarining kichik tarmogʻi boʻlib, 1973-yilda er-xotin Byron va Virginia Hardin tomonidan tashkil etilgan. Ular 1979-yilgacha faqatgina burger tayyorlash bilangina shugʻullanishgan.
Hodad's | |
---|---|
Restaurant information | |
Asos solingan | 1973 |
Avvalgi egasi egasi(lar) |
Byron and Virginia Hardin Mike Hardin |
Food type | gamburger |
Koʻcha manzili | Newport Avenue |
Shahar | San Diego |
Davlat | Kaliforniya |
Boshqa manzillari |
Downtown San Diego Petco Park |
Vebsayt | hodadies.com |
1984-yilda Byron vafotidan soʻng uning oʻgʻli Mike Hardin restoran mas’uliyatni oʻz zimmasiga olgan. U 1989-yilda Virginia vafotidan keyin boshqaruvni toʻliq egallagan. Hardin restoranni Ocean Beach hududidagi Newport prospektida joylashgan hozirgi joyiga koʻchirgan. Keyinroq Petco Parkda, hamda 10-avenyu va Broadwayning burchagida qoʻshimcha restoranlar ochilgan. Mike 2015-yilda vafot etgan va biznesini bolalari Shane va Lexiga meros sifatida qoldirgan.
Hodad’s oʻzining burgerlari, ayniqsa bekon nonidan tayyorlangan cheeseburgerlari bilan tanilgan. Bu mahsulotlar Gay Fierining Diners, Drive-ins and Dives telekoʻrsatuvida namoyish etilgan. Televidiyada namoyish etilganidan soʻng, restoran savdosi sezilarli darajada oʻsgan. Shu ko'rsatuvdan keyin har kuni minglab burgerlar sotila boshlangan. Shuningdek, u bir nechta „eng yaxshi oshxonalar“ roʻyxatiga ham kiritilgan, jumladan CNN ning 2009-yilda „Tashrif buyurilishi kerak boʻlgan beshta mazali burger tayyorlovchi oshxonalar“ milliy roʻyxati va 2015-yilda chop etilgan Foursquarening „Amerikadagi eng yaxshi 50 ta burger tayyorlovchi oshxonalar“ roʻyxatida tilga olinadi.
Tarixi
tahrirEr-xotin Byron va Virginia Hardin dastlab 1969-yilda San-Diegoning El-Cajon shahridagi Hardinʼs Gamburgers nomli restoranni boshqarishgan[1]. 1973-yilda ular San-Diegodagi Ocean-Beachda burger stendini 600 dollarga sotib oladilar (2023-yil holatiga koʻra 4118$ ga teng) va uni Hodad’s deb atashgan. Bu nom oʻzini syorfing bilan shugʻullanuvchi sifatida koʻrsatadiganlar orasida paydo boʻlgan[2][3][4]. Restoran 1979-yilda avvalgi yer egasi ijara haqini ikki baravar oshirganidan soʻng, Voltaire koʻchasidagi kattaroq joyga koʻchib oʻtkazilgan va shu paytda biznes muvaffaqiyatga erisha boshlagan[4]. Hodad’s 1991-yilda Newport prospektidagi hozirgi manziliga koʻchirilgan[3], uning ochilishiga atigi toʻrt kun kerak boʻlgan[4]. Restoran 2011-yilda San-Diego markazida Broadwayning burchagidagi hududda faoliyat olib borgan[5][6]. Uning hududi „Hodad’s Too“ deb nomlangan boshqa savdo nuqtalaridan taxminan ikki baravar kattaroq boʻlgan[7]. Hodad’s San-Diego Padres bilan hamkorlik shartnomasini imzolaganidan keyin oʻz mahsulotlarini Petco Parkda sotishni boshlagan[5][8].
2015-yil holatiga koʻra, restoran kuniga 1200 dan 1500 gacha gamburger sotgan[9]. Hodad’s sayyohlar va mahalliy aholi orasida mashhur boʻlib, baʼzida navbatlar bir necha soat davom etadi[10].
Boshqaruv tizimi
tahrir1973-yilda tashkil etilganidan to 1984-yilgacha restoran Byron va Virginia Hardinga tegishli boʻlgan. Ularning oʻgʻli Mike Hardin 1984-yilda otasi vafot etganidan keyin, boshqaruvda ishtirok eta boshlagan. 1989-yilda Virginia vafot etganida, Mike Hardin biznes sherigi Terry Rhodes bilan katta mas’uliyatni oʻz zimmasiga olgan[11][12][4]. Mike Hardin Discover San Diego va San-Diego Union-Tribune nashrlari tomonidan mahalliy muhim shaxs deya ataladi[3][11]. Mike Hardin 2015-yil 5-fevralda yurak xurujidan vafot etgan[13] va jamoa tomonidan Ocean Beach restorani oldida uning xotirasi uchun vaqtinchalik muddatga yodgorlik qurilgan[11][14]. Restoran 6 va 7-fevral kunlari uning hurmati uchun yopilgan va 9-fevralda qayta ish boshlagan[15][16]. Yuzlab odamlar mart oyi oxirida Petco’s Parkdagi ommaviy yodgorlikning ochilish marosimida ishtirok etishgan, jumladan Guy Fieri ham bu marosimda qatnashgan[17][18][19]. Mikening oʻgʻli Shane va qizi Lexi 2015-yilda restoranlar tarmogʻining rahbarlari boʻlishgan[9]. SD News nashriga bergan intervyusida Shane biznesni oʻz qoʻliga olish, shuningdek, otasidan keyin yemakxona faoliyatini qayta modellashtirish xususida gapirib oʻtgan[20].
Menyu
tahrirHodad’s oshxonasi oʻzining bekon nonidan tayyorlangan cheeseburgerlari, kartoshka frisi, piyoz halqalari va katta porsiyada beriluvchi sut kokteyllari bilan mashhur[21]. Hodad’s yemakxonasining asosiy filialida burgerlar narxi 25 sent (2023-yilda bu 2$ ga teng) boʻlib[4], 2015-yilgacha bu qiymat 4,25 dan 8,25 dollargacha koʻtarilgan[22]. Mike Hardin biznes maʼsuliyatini oʻz zimmasiga olganida, u asosiy eʼtiborni burger tayyorlashga qaratgan[23] va 2013-yilda Guido burgerini yaratgan. Guy Fieri va uning taxallusidan ilhomlanib, Hodad’s oʻzining mashhur burger turini kashf etgan[9][3][24][25]. Yana bir mashhur burger Blue Jay nomi bilan atalgan boʻlib, u koʻk pishloq va piyozli Bekon cheeseburgeridan tarkib topgan[26]. Hodad’s bekon piroglari hash brown shirinligiga oʻxshab ketganligi uchun ham mashhur[27].
Dizayni
tahrirHodad’s devorlari koʻplab avtomobil raqamlari bilan bezatilgan, turli stikerlarni Newport avenyusidagi va 10-avenyudagi filiallarda ham koʻrish mumkin[28]. Mike Hardin Ocean Beachdagi hamma buyumlar mijozlar tomonidan taqdim etilganligini aytgan[10]. Hodad’s Too-dagi boshqa dekoratsiya buyumlariga devordagi skeytbordlar va syorfing taxtalari kabilar kiradi[29]. Uning uslubi plyajga oʻxshash boʻlib, juda hashamatli tarzda jihozlangan[23][30].
Retsept
tahrirHodad’s burgerlari va uslubi hamisha ijobiy qabul qilingan. U oziq-ovqat tarmogʻi telekanalida „Men yegan eng yaxshi narsa (inglizcha: The Best Thing I Ever Ate“ nomli epizodda paydo boʻlgan[31]. Restoranning bekonli cheeseburgeri Guy Fieri tomonidan maqtovga sazovor boʻlgan va 2009-yilda CNN yemakxonani „Tashrif buyurilishi kerak boʻlgan beshta mazali burger tayyorlanadigan oshxonalar“ roʻyxatiga kiritgan[32]. Hodad’s taomlari San-Diego jurnalining „Everyday Eats“ turkumidagi maqolalaridan birida yozib chiqilgan[33]. 2015-yilda restoran Foursquarening 50 ta „Amerikadagi eng yaxshi burger tayyorlovchi oshxonalar“ roʻyxatiga 26-oʻrinni egallagan[12]. Hoodline maqolasida, Hodad’s burgerlari 10 dollardan arzon burgerlar uchun 50 ta yemakxonalar ichida 3-oʻrinni egallagan[34]. San Diego Union-Tribune uni San-Diegodagi 30 ta eng yaxshi burger tayyorlovchi oshxonalar roʻyxatiga kiritilgan[22]. Times of San Diego gazetasida Hoa Quach uni San-Diegoda Otalar kunini nishonlash uchun tanlangan restoranlar roʻyxatiga kiritilgan[26].
Serious Eats nashrining yozuvchisi Erin Jackson yemakxonaning bekonli cheeseburgerlarini ijobiy baholagan[27]. The Daily Meal uni AQShdagi eng yaxshi fri kartoshkalar tayyorlaydigan eng yaxshi oshxonalarning 50 talik roʻyxatiga kiritgan[35]. Houston Press yozuvchisi Robb Walsh burger aslida mamlakatdagi eng yaxshi taom emasligini aytib oʻtgan[36]. San-Diego Reader nashri noshiri Ian Pike gamburgerlarni San-Diegodagi eng yuqori burger sifatida roʻyxatga kiritgan[37].
Manbalar
tahrir- ↑ „About Us“. web.archive.org (2024-yil 16-yanvar). 2024-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
- ↑ „Public Memorial For Recently-Deceased Hodad's Owner Mike 'Bossman' Hardin To Be Held At Petco Park, Saturday, March 28“. San Diegoville (2015-yil 9-mart). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Cantore. „In memory of an OB icon“. Pacific San Diego (2015-yil 19-fevral). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Gormlie. „Mike Hardin: 'Hodad's my livelihood, not my life.'“. OB Rag (2011-yil 5-aprel). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ 5,0 5,1 „Where Is Hodad's?“. Petco Park Insider (2015). Qaraldi: 2015-yil 26-may.
- ↑ Bedford. „Say the Word at Hodad's“. San Diego Reader (2011-yil 11-may). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ Yoo. „"Hodad's Too" to Open in "Sept-ober"“. San Diego Entertainer Magazine (2010-yil 13-iyul). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ „Want fries with that? Hodad's burgers come to Petco“. MLB (2012-yil 2-may). 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Woo. „Hodad's in Ocean Beach, Saturday at Noon“. San Diego Eater (2015-yil 15-aprel). Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- ↑ 10,0 10,1 Cecchetto. „Hodad's: Burgers on Broadway“. CBS 8 (2011-yil 23-may). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 Kucher. „Iconic Hodad's restaurant co-owner dies“. San Diego Union-Tribune (2015-yil 6-fevral). Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
- ↑ 12,0 12,1 Garske. „Hodad's Among Best Burger Joints in America: Foursquare“. NBC San Diego (2015-yil 19-may). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
- ↑ Stickney. „Autopsy Results Released in Death of Hodad's Owner Mike Hardin“. NBC San Diego (2015-yil 10-fevral). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
- ↑ Ojeda. „Makeshift Memorial at Hodad's Honors Late Owner Mike Hardin“. NBC San Diego (2015-yil 6-fevral). Qaraldi: 2015-yil 26-may.
- ↑ „Hodad's Burgers reopens following owner Mike Hardin's death“. SD News (2015-yil 6-fevral). 2017-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.
- ↑ Posner. „Hodad's Closes Temporarily, Mourning Owner Hardin's Death“. Times of San Diego (2015-yil 6-fevral). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ Gormlie. „Hundreds Turn Out for Mike Hardin Memorial in Petco Park“. OB Rag (2015-yil 30-mart). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ Fikes. „Hodad's Mike Hardin remembered“. San Diego Union-Tribune (2015-yil 29-mart). Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
- ↑ Jacobs. „Hundreds pay tribute to Hodad's owner Mike Hardin“. Fox San Diego (2015-yil 28-mart). 2018-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
- ↑ Ratner. „Shane Hardin continues the family tradition at Hodad's“. SD News (2017-yil 2-sentyabr). 2019-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ Walsh. „Hodad's: Nation's Best Burger?“. Houston Press (2009-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
- ↑ 22,0 22,1 „San Diego's 30 best burgers“. The San Diego Union-Tribune. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ 23,0 23,1 Oliver-Kurtin. „Hodad's brings burgers with a personal touch to downtown“. SD News (2011-yil 5-may). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Friends of Hodad's“. Hodad's. 2024-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
- ↑ Fieri, Guy. Diners, Drive-ins and Dives: An All-American Road Trip . . . with Recipes!. Zondervan, 2008 — 4-bet. ISBN 9780061724886. Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
- ↑ 26,0 26,1 Quach. „12 Perfect Restaurants to Celebrate Father's Day in San Diego“. Times of San Diego (2017-yil 12-iyun). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ 27,0 27,1 Jackson. „Hodad's in San Diego Goes Beyond Bacon Strips with a Bacon Patty“. Serious Eats. Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Explore San Diego – Hodad's“. USA Today. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ „Hodad's – San Diego California“. Food Smackdown. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ Parente. „Hodad's : Our San Diego culinary bucket list, 2016 edition“. The San Diego Union-Tribune (2016-yil 20-oktyabr). 2018-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ „With Bacon“. Food Network. Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
- ↑ Patterson. „Five tasty burger joints worth visiting“. CNN (2009-yil 16-aprel). Qaraldi: 2015-yil 26-may.
- ↑ Jackson. „Everyday Eats: Burger Basket at Hodad's“. San Diego Magazine (2014-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 26-aprel.
- ↑ „Think Inside The Bun: How New York City Stacks Up In America's Top 50 Burgers“. Hoodline. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ „America's 50 Best French Fries“. The Huffington Post (2015-yil 10-iyun). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ Walsh. „Hodad's: Nation's Best Burger?“. Houston Press (2009-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ Pike. „San Diego's most overrated burgers“. San Diego Reader (2016-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.