Hoji Imomqul

Hoji Imomqul
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1976-yil
Dini Islom

Hoji Imomqulni „Chorminorlik hoji bobo“ deb ham atashgan. U gavdali, xushsurat, ochiq chehrali, istarasi issiq boʻlgan. 1943-yilda Xoʻja Tabband masjidining ochilishida ishtirok etib, shu masjidda sufi, keyinchalik imom vazifasida faoliyat olib borgan. Jamoatga bosh-qosh va masjid jamoasiga doimo maslahatgoʻy, samimiy yordamchi boʻlgan. Kattayu kichikdan qoʻlidan kelgan barcha yaxshiliklarni ayamagan. Hoji Imomqul Chorminordagi bogʻchada qorovullik qilib, barcha insonlarga yuksak odob-axloqi, xushmuomalaligi, maʼrifatparvarligi bilan ibrat boʻlgan. Diniy va milliy qadriyatlar toptalgan yillarda ham barcha marosimlarda tashkilotchilik qilib, ularning barqarorligini taʼminlagan. Hoji Imomqul sobiq shoʻrolarning murakkab maʼnaviy, diniy va eʼtiqodiy tangligi sharoitida (1954-yilda) hamshaharlari orasida birinchilardan boʻlib muborak haj safariga borgan. Farzandi boʻlmasada, Alloh taolo uni hech kimga muhtoj qilmagan. U birovga ozor bermaydigan, dilini ogʻritmaydigan, halim inson boʻlgan.

Vafoti

tahrir

Xoji Imomqul 1976-yil vafot etgan[1].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Azizxoʻja Inoyatov, Muzayyam Solieva. Zulmat ziyokorlari. Hilol Nashr. 2016. 236.