Hoji Yusuf Khojandi (Hoji Yusuf ibni Mirfayoz) (1842 — Xoʻjand — 1924) — maʼrifatchi, sayyoh. Diniy maktabda oʻqigan boʻlsa-da, astro-nomiya, tabiiyot, geografiya fanlariga qiziqqan. Arabiston va Yevropa mamlakatlariga sayohat qilgan. Oʻsha mamlakatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplagan. H.Yu.H. 11 ta katta-kichik globus yasagan. 19-asrning 80-yillarida yasagan eng katta globusi (boʻyi 117 sm, sharining aylanasi 160 sm, masshtabi I sm da 250 km) Samarqanddagi Oʻzbekiston xalqlari madaniyati va sanati tarixi muzeyida saqlanadi. Globusga belbogʻ tarzida 12 burj doirasi oʻrnatilgan, qariyb mingta joy nomi yozilgan. Sayyohning Koʻhiston xaritasini chizgani, "Falakiyot" asa-rini yozgani maʼlum.