Holt qasri (uelscha: Castell Holt) — Uelsning Rexem okrugi, Holt shahridagi oʻrta asr qalʼasi. Qurilish ishlari XIII asrda Uels urushlari paytida boshlangan, qal’a Uels-Angliya chegarasida Di daryosi boʻyida joylashgan edi. Oʻrta asrlarda besh minorali qal’a aslida Castrum Leonis yoki Lion qal’asi nomi bilan tanilgan, chunki uning asosiy darvozasi ustidagi toshga sher naqshlari oʻyilgan. XVII asrda deyarli barcha toshlar olib tashlandi; faqat qumtosh poydevori va oz miqdordagi toshlar saqlanib qolgan. 1277-1311-yillar oraligʻida qurilgan qal’a mahalliy poydevordan 12 metr balandlikdagi burun tepasida qurilgan. U har bir burchagida minoralar boʻlgan beshburchak shaklida edi.

Holt qasri

Holt qasrining bugungi ko'rinishi
Joylashuv Uels, Buyuk Britaniya
Binokor Jon de Varrene
Material Tosh
Balandligi 10 metr
Qurila boshlagan 1277
Qurilish tamomlangan 1311
Vebsayt http://www.wrexham.gov.uk/english/heritage/holt_castle.htm
Xarita
Koordinatalari 53°4′40.51″N 2°52′48.92″E / 53.0779194°N 2.8802556°E / 53.0779194; 2.8802556

Qurilishi

tahrir

Qal’aning asosiy darvoza, barbikan, ichki saroy, poster va parda devorlarigacha boʻlgan pogʻonali rampasi bor edi. Bundan tashqari, Di daryosidan olinadigan suv bilan toʻldirilgan xandaq ham bor edi.

1495-yilda Holt qasrining qurilish rekonstruksiyasi

Qal’aning dizayni Rutin va Konvidagi ichki saroylarga oʻxshab parda devori tashqarisidagi tosh yuziga qurilgan minoralardan iborat edi.

Tarixi

tahrir
 
Tomas Pennant tomonidan Holt qasrining qurilishi. 1781-yil

Holt qal’asini Edvard I 1277-yilda Shimoliy Uelsni bosib olgandan soʻng Di daryosi yonidagi toshdan poydevor qurgan. 1282-yilda Edvard Holt joylashgan Uels yerlarini sodiq lord Jon de Varrenga sovgʻa qildi. Unga qal’ani tugatish vazifasi h am topshirildi. 1311-yilga kelib qal’a qurib bitkazildi va uning yonida koʻchmanchi inglizlar foydalanishi uchun rejalashtirilgan shaharcha qurildi.[1]

Bir asr oʻtgach, Uels qoʻshinlarii 1400-yilda Ovain Glindvir qoʻzgʻoloni paytida shaharni yoqib yuborishdi. Qoʻzgʻolonchilar qal’ani egallab olishgandi. XVI asrga kelib Holt qal’asi yaroqsiz va vayronaga aylangan. Yelizaveta davridagi ingliz xaritashunosi Jon Norden qal’ani oʻrganib chiqdi va u yerda ahvol ogʻir ekanligini taʼkidladi.[2]

Birinchi ingliz burjua inqilobi boʻlib oʻtgan yillarning koʻp qismida Holt qasri qirollik qoʻshinlarining garnizoni sifatida foydalanilgan. U 1643-yilda parlamentariylar tomonidan bosib olingan, ammo 1644-yilning bahorida qirol tarafdorlari tomonidan qaytarib olingan. Ular taslim boʻlgach, parlament garnizonining 13 nafari qilichdan oʻldirilgan va jasadlari xandaqqa tashlangan. 1647-yil yanvarda toʻqqiz oy davom etgan qamaldan soʻng qirollik gubernatori ser Richard Lloyd Holt Tomas Mittonga (qamaldagi parlament aʼzolari qoʻmondoni) taslim boʻldi. Xolt qasri taslim boʻlganidan keyin, Harlech qalʻasi Uelsdagi yagona burjuachilar egallay olmagan qal’a edi va u hali ham qirol tarafdorlari nazorati ostida edi. Oʻsha yilning mart oyida Holt taslim boʻlganidan keyin polkovnik Rojer Papa Holtning parlament gubernatori etib tayinlandi. Parlamentning buyrugʻiga koʻra, Holt qasridan oʻsha yilning oxirida foydalanish bekor qilindi.[3]

1675 va 1683-yillar oraligʻida qal’aning katta qismi Itonning 3-baroneti ser Tomas Grosvenor tomonidan olib qoʻyildi. U Angliyada burjua inqilobidan keyin Holt qal’asini qayta qurish ishlariga boshchilik qildi.[4]

XVIII asrda Holt qal’asidan faqat minora va toʻrtburchaklar binoning bir qismi qoldi.

Himoyasi

tahrir

Holt qal’asining yagona katta qismi uning qumtosh poydevoriga oʻrnatilgan. Baʼzi toshlar, jumladan, ichki qoʻrgʻonning pastki devorlari, orqa darvoza, tayanch, trubadan chiqish va tashqi darvoza kvadrat minorasining poydevori hali ham saqlangan. 2015-yilda oʻsimliklarni olib tashlash, zinapoyalarni oʻrnatish va saqlanib qolgan toshlarni taʼmirlash boʻyicha toʻrt yillik keng qamrovli tiklash ishlari yakunlandi. Shuningdek, ushbu hududda bir qator arxeologik tadqiqotlar oʻtkazildi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir