Homila yelkasi distotsiyasi – homila boshi tug’ilgandan so’ng oldingi yelkasining qovga (ko’p hollarda) yoki orqa yelkasining (kam hollarda) dumg’aza do’mbog’iga (beshinchi bel umurtqasi va dumg’aza suyagi asosi birlashmasi)taqalib qolishi va odatdagi usullar yelka tug’ilishiga yordam bermasdan qo’shimcha muolajalar talab qilinishi. Klinik belgilari: Homila boshi tug’ilgandan so’ng orqa tomon oraliqqa itariladi (“toshbaqa belgisi”). Boshi oraliqqa mahkam taqalgan. Yengil odatdagi usul yelkalar tug’ilishiga imkon bermaydi. Onaning kuchanishiga qaramasdan oldingi yelka, yelkalar yoki yelka kamari tug’ilmaydi. Antenatal xavf omillari: •Oldingi tug’ruqlarda ham yelka tiqilib qolishi kuzatilishi •Qandli diabet •Muddatidan o’tgan homiladorlik •Yirik homila(adabiyotlarda 4.0-4.5 kg), shuningdek anamnezida yirik homila •Onaning tana vazni indeksi >30 kg/m2 •Tug’ruqni chaqirish– ko’p tug’uvchilar •Intranatal xavf omillari: •Tug’ruq faoliyati sustligi •Tug’ruqning 2 davrining uzayishi hamda tez tug’ruqlar (kuchaniq davri) •Oksitostin bilan tug’ruqni kuchaytirish •Qin orqali instrumental tug’dirishlar •Kuchaniqni tezlashtirish



<<Manba>>

  Ayupova.F.M; Akusherlik va Ginekologiya