Hoshim Yahyoyev
Hoshim Qosimovich Yahyoyev (1950-yil 3-oktyabr, Yangiyoʻl tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor.
Hoshim Qosimovich Yahyoyev | |
---|---|
Tavalludi |
3-oktyabr 1950-yil Yangiyoʻl tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | matematik olim |
Sohasi | qishloq xoʻjaligi |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | qishloq xoʻjaligi fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirHoshim Yahyoyev 1950-yil 3-oktyabr Yangiyo‘l tumani Zangiota qishlog‘ida tugʻilgan[1]. 1967—1972-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti matematika fakultetida tahsil olgan. 1972—1975-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika ilmiy-tadqiqot instituti muhandisi, 1975—1987-yillarda kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, 1987—2007-yillarda O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, sektor mudiri, laboratoriya mudiri, institut ilmiy kotibi, 2007—2015-yillarda institut direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2015-yildan institutning yetakchi ilmiy xodimi[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirHoshim Yahyoyev 1980-yilda ruscha: „Системный анализ, разработка методов и алгоритмов прогнозирования и управления динамикой популяций сельскохозяйственных вредителей“ mavzusida nomzodlik, 2004-yilda ruscha: „Разработка научных основ автоматизации прогнозирования и управления вредными объектами сельскохозяйственных культур“ mavzusida doktorlik dissertatsini himoya qilgan. 1989-yilda katta ilmiy xodim, 2018-yilda esa professor ilmiy unvonini berilgan[1]. Hoshim Yahyoyevning ilmiy ishlari qishloq xo‘jaligi ekinlari zararli organizmlari rivojlanishi va tarqalishini prognozlashtirishning matematik modellari, algoritmlari va kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalashda avtomatlashtirish darajasini oshirish, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini agrar sohada qo‘llashga oid. 160 dan ortiq ilmiy maqola,5 ta monografiya, 6 ta risola, 9 ta ixtirolar, 11 ta ishlab chiqarishga tavsiyalar muallifi[1].