Hotami Toy
Ushbu sahifani Hatim at-Tay bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Hotami toy (toʻliq nomi Abu safona Hotam ibni Abdulloh ibni Saʼdi Toyi) (taxminan 6-asr oxiri — Yaman — 7-asr boshi) — saxiyligi va olijanobligi bilan Sharq mamlakatlarida dong taratgan shaxs. Yamandagi Toy qabilasining boshligʻi, mashhur lashkar-boshi va shoir boʻlgan. Adlu inso-fi, saxiyligi va yaxshiligi bilan dastlab atrofdagi qabilalar, keyin butun Arabiston va Sharq xalqlari orasida Hotami Toy — Toy (qabila-si)dan boʻlgan Hotam nomi bilan shuh-rat qozongan. Uning saxovat va him-matiga qoyil qolgan Muhammad pay-gʻambar (sav) ham Toy sharofatidan uning avlodini eʼzozda tutishni buyurgan.
Sharq xalqlari ogʻzaki ijodi va yozma adabiyotida H.T. haqida koʻplab afsona va rivoyatlar, qissa va dos-tonlar, hatto "Hotamnoma" kitobi yaratilgan. "Hotamnoma" dastlab arab tilida yaratilib, keyin forscha nus-xasi Oʻrta Osiyo xalqlari oʻrtasida keng tarqalgan. Oʻrta asrlardayoq kitob holida tarqalgan bu asar 18—19-asrlarda hind, urdu, oʻzbek, turkman, ingliz va qisman rus tillariga tarjima qilingan. 19-asrda Oqsuvda muhammadhasan Olim forschadan turkiyga tarjima qilgan va u 1900-yilda Toshkentda "Hotamnomai turkiy" nomi bilan chop etilgan. Mazkur qoʻlyozma va toshbosma asosida professor A.Matgʻo-ziyev 1988-yilda uni hozirgi yozuvda nashr ettirgan.
H. T. shoir sifatida ham mashhur. Saqlanib qolgan sheʼrlari arab adibi va xattot Rizqulloh Hassun tomonidan 1872-yilda Londonda chop qilingan.
Sharq xalqlari tillarida Hotam, Hotamtoy nomlari "saxiy", "qoʻli ochiq" maʼnolarini ifodalaydigan sifatga aylanib ketgan. I.V.Gyote "Gʻar-bu Sharq devoni"da oʻzini Hotam, maʼshuqasini Zulayhoga nisbat berib, qator sheʼrlar yaratga
Adabiyot
tahrir- Hotamnoma, T., 1988.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |