Hui Jiakang
Hui Jiakang (1989-yil 31-avgustda Shenyan shahrida tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Chanchun Yatai“ klubida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 31-avgust 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Shenyang, Liaoning, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Changchun Yatai | ||
Raqami | 17 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008 | Shenzhen | 13 | (0) |
2009 | Ferencvárosi | 0 | (0) |
2010—2011 | Chengdu Blades | 35 | (1) |
2012—2020 | Tianjin Teda | 133 | (9) |
2021- | Changchun Yatai | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2008 | Xitoy U-20 | 3 | (1) |
2008—2017 | Xitoy | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (17-aprel 2021-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-yanvar 2017-yil uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirHui Jiakang futbolchilik faoliyatini 2008-yilda Shenzhen yoshlar jamoasini tamomlagandan soʻng boshlagan. U 2008-yilgi Xitoy Superligasi mavsumida 5-iyul kuni debyut qilgan. U debyut uchrashuvida „Shandong Luneng“ga qarshi maydonga tushib 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan[1]. Mavsum oxirida Hui Jiakang ligada oʻn uchta oʻyin oʻtkazgan va uning klubi unga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilgan, biroq mavsum boshida yangi shartnomasida maosh borasida kelishmovchilik yuzaga kelganidan keyin u jamoadan chetlatilgan[2].
Butun mavsum davomida futbol oʻynamay, Vengriyaning „Ferencvarosi TC“ jamoasi bilan mashgʻulotlarga joʻnab ketgan, to 2010-yil liga mavsumi boshida Xitoyning ikkinchi divizion jamoasi „Chengdu Blades“ uni oʻziga transfer qilgan va u yerda 2010-yil 4-aprelda „Nankin Yoyo“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Oʻyinda ular 3:0 hisobidagi gʻalaba qozonishgan[3]. Mavsum davomida u oʻn toʻrtta liga oʻyinida oʻynagan, klub divizionda ikkinchi oʻrinni egallagan va yuqori divizionga koʻtarilgan. Keyingi mavsumda Hui jamoada muntazam maydonga tushishiga qaramay, 2011-yilgi Xitoy Superligasi mavsumi oxirida jamoaning quyi divizionga tushib ketishiga toʻsqinlik qila olmagan[4].
Xalqaro faoliyati
tahrirHui Jiankang 2008-yilda yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida qatnashgan. U Xitoy U-20 terma jamoasi tarkibida 3ta oʻyinda maydonga tushib, 1ta gol urgan[5]. Hui Jiakang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2008-yilda Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan. Xitoyliklar 2:0 hisobida gʻalaba qozonishgan[6]. U Xitoy terma jamoasi safida 9 yildan soʻng 2017-yilning 10-yanvarida Islandiyaga qarshi 2017-yilgi Xitoy kubogida ikkinchi marta maydonga tushgan[7].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Shenzhen | 2008 | Xitoy Super Ligasi | 13 | 0 | - | - | - | 13 | 0 | |||
Ferencvárosi | 2009-10 | Nemzeti Bajnokság I | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 0 | 0 | ||
Chengdu Blades | 2010 | Xitoy Birinchi Ligasi | 16 | 0 | - | - | - | 16 | 0 | |||
2011 | Xitoy Super Ligasi | 19 | 1 | 1 | 0 | - | - | 20 | 1 | |||
Jami | 35 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 36 | 1 | ||
Tianjin Teda | 2012 | Xitoy Super Ligasi | 16 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | - | 21 | 0 | |
2013 | 7 | 0 | 0 | 0 | - | - | 7 | 0 | ||||
2014 | 9 | 0 | 0 | 0 | - | - | 9 | 0 | ||||
2015 | 5 | 0 | 0 | 0 | - | - | 5 | 0 | ||||
2016 | 23 | 2 | 1 | 0 | - | - | 24 | 2 | ||||
2017 | 25 | 0 | 0 | 0 | - | - | 25 | 0 | ||||
2018 | 21 | 6 | 0 | 0 | - | - | 21 | 6 | ||||
2019 | 12 | 0 | 0 | 0 | - | - | 12 | 0 | ||||
2020 | 15 | 1 | 4 | 0 | - | - | 19 | 1 | ||||
Jami | 133 | 9 | 5 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 143 | 9 | ||
Karyerada jami | 181 | 10 | 6 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 192 | 10 |
Manbalar
tahrir- ↑ „2-1 - 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (5-iyul 2008-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
- ↑ „深足二少终有下落 僵持之后已丧失主动权“. espnstar.com.cn (6-aprel 2009-yil). 19-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
- ↑ „高翔梅开二度张远巧射锁胜局 成都3-0南京大胜开局“. sports.sina.com.cn (4-aprel 2010-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
- ↑ „China 2011“. rsssf.com (21-iyun 2012-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
- ↑ „MATCH SUMMARY: LEBANON 1-3 CHINA P.R.“. the-afc.com (3-noyabr 2008-yil). 2012-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
- ↑ „China PR 0-2 Iran“. teamchina.freehostia.com (19-dekabr 2008-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
- ↑ „中国杯-蔡慧康尹鸿博错失良机 国足0-2不敌冰岛“ (xitoycha). Sina (10-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2017-yil.