Hulda Barker Loud (1844-yil 13-sentyabr — 1911-yil 6-aprel) Amerikaning Massachusets shtatidan. Hulda gazeta muharriri va noshiri boʻlib, mehnat huquqlari va ayollar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar himoyachisi edi.

Hulda Barker Loud
Tavalludi 1844-yil 13-sentyabr
Rokland, Massachusetts
Vafoti 1911-yil 6-aprel
Fuqaroligi Amerikalik
Kasbi Gazeta muxbiri

Karyera

tahrir

Hulda Barker Loud Massachusets shtatining Sharqiy Abington shahrida (hozirgi Roklend shahri) Ruben Loud va Betsi Loud oilasida tugʻilgan. U oʻn sakkiz yoshiga qadar davlat maktablariga bordi. Soʻng yosh boʻlishiga qaramay, oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullandi. Yigirma ikki yil davomida u oʻz ona shahrida dars berdi va oʻn besh yil davomida gimnaziya direktori boʻldi. Oʻn uch yil davomida oʻsha shahardagi ayolning eng yuqori lavozimini saqlab qoldi va eng yuqori maosh oldi. Ayollar uchun teng huquq va haq toʻlashning talab qilib, nozik jins vakillarining kuchli himoyachisi bo‘ldi. U maktab kengashini erkak bilan ayollar bir xil maosh olishi kerakligiga ishontirdi.

1884-yilda mahalliy gazeta tashkil etildi va u bosh muharrir boʻldi. U gazetani The Independent deb nomladi[1]. Besh yil oʻtgach, u gazeta va bosmaxonani oʻz ichiga olgan biznesni sotib oldi. U bosmaxonadan ayollar uchun teng huquq va mehnat huquqlarini himoya qilish uchun foydalangan.

Loud uch yil davomida (1887-90) maktab kengashida ishladi va mahalliy masalalar boʻyicha shahar yigʻilishlarida nutq soʻzladi. U 1888-yilda Vashingtonda boʻlib oʻtgan Xalqaro Ayollar Kengashi yigʻilishida vakil boʻlgan va uning murojaati ishtiyoq bilan qabul qilingan.

Shuningdek, u qashshoqlikka qarshi Jamiyat oldida ham soʻzlagan. U tez-tez mehnat va ayollar saylov huquqi platformasida muvaffaqiyat bilan gapirdi.

Loud 1911-yil 6-aprelda 66 yoshida Roklendda vafot etdi[2].

Loud onasining fermasida yashagan. 1891-yilda u ikkita nevara — Ralf va Karl Pauersni asrab oldi.

Manbalar

tahrir