Hunky Dory ingliz musiqachisi David Bowiening toʻrtinchi studiyaviy albomidir. 1971-yilning 17-dekabrida RCA Records studiyasi tomonidan chiqarilgan. 1970-yilgi The Man Who Sold the World albomi relizidan soʻng, Bowie musiqachilik faoliyatida tanaffus qildi. U yangi qoʻshiqlarini avvalgidek gitarada emas, balki pianinoda yozishga qaror qildi. AQShdagi kontsert turnesidan soʻng, Bowie gitarachi Mick Ronson, basist Trevor Bolder va barabanchi Mick Woodmanseydan iborat yangi jamoa tuzdi va 1971-yilning oʻrtalarida Londonda joylashgan Trident Studiosda albom yozish ishlarini boshladi. Rick Wakeman (Yes rok musiqa guruhining boʻlajak aʼzosi) ishda pianinochi oʻlaroq qatnashdi. Bowie albomni Ken Scott bilan birgalikda hozirladi. Scott bungacha uning ikki plastinkasiga ovoz rejissori boʻlgan.

Hunky Dory
David Bowie albomi
Chiqarilgan sanasi 17-dekabr, 1971-yil(1971-12-17)
Yozib olingan sanasi 8-iyun – 6-avgust 1971-yil
Janr
Davomiyligi 41:50
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Leybl RCA
David Bowie xronologiyasi
The Man Who Sold the World
(1970)
Hunky Dory
(1971)
The Rise and Fall of Ziggy Stardust and the Spiders from Mars
(1972)

The Man Who Sold the World albomi hard-rokining gitara ovozi bilan solishtirganda, Bowie Hunky Dory uchun koʻproq xushohang yoʻnalishlarni tanladi: pop-rok va art-pop.[1]

Trek-list

tahrir
  1. „Changes“ — 3:37
  2. „Oh! You Pretty Things“ — 3:12
  3. „Eight Line Poem“ — 2:55
  4. „Life on Mars?“ — 3:53
  5. „Kooks“ — 2:53
  6. „Quicksand“ — 5:08
  7. „Fill Your Heart“ (Biff Rose, Paul Williams) — 3:07
  8. Andy Warhol“ — 3:56
  9. „Song for Bob Dylan“ — 4:12
  10. „Queen Bitch“ — 3:18
  11. „The Bewlay Brothers“ — 5:22


Manbalar

tahrir
  1. Sullivan 2017, s. 494; Doggett 2012, s. 11.