Huquq subʼyekti
Huquq subyekti - qonunga binoan huquqqa ega boʻlish va zimmasiga yuridik majburiyatlar olish layoqatiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Huquq subyekti huquqning barcha sohalarida huquqiy munosabatlarntgg zaruriy belgisi boʻlib, ularning har birida subyektlarning mavqei muayyan oʻziga xoslikka ega. Masalan, fuqaroviy huquqiy munosabatlarda fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslar jismoniy shaxs sifatida; tijorat va notijorat tashkilotlari yuridik shaxs sifatida qatnashadilar; fuqaroviy huquqiy munosabatlar subyektlarining uchinchi turini davlatning oʻzi, davlat va mahalliy tuzilmalar tashkil etadi. Maʼmuriy huquqiy munosabatlarda asosan davlat organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar va ayrim hollardagina tashkilotlar (yuridik shaxslar) Huquq subyekti boʻla oladi. Qonun biror shaxs yoki tuzilmani Huquq suby'ekt sifatida tan olar ekan, uning davlat, davlat tashkilotlari, boshqa shaxslarga nisbatan tutgan oʻrnini tavsiflovchi huquqiy maqomini belgilab beradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |