Huquqbuzarlik — huquq va muomala layoqatiga ega subyekt tomonidan sodir etiladigan, huquq normalari talablariga zid keluvchi hamda shaxsga, mulkka, davlatga va butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli qilmish. Oʻz xususiyatiga koʻra, Huquqbuzarlik jinoyat, nojoʻya harakat, intizomni buzish shaklida boʻladi. Koʻp hollarda Huquqbuzarlik qonunbuzarlik soʻzi bilan bir xilda ishlatiladi. Fuqaroviy Huquqbuzarlik (shaxsga, fuqaro yoki tashkilotning mulkiga ziyon yetkazish), maʼmuriy Huquqbuzarlik (mas, mayda bezorilik, yoʻl harakati qoidasini buzish), intizomiy Huquqbuzarlik (nojoʻya harakat, mas, ishga kelmaslik, kech qolish) farqlanadi. Huquqbuzarlikning eng xav-fli koʻrinishi jinoyatdir. Huquqbuzarlik uchun qonunda tegishlicha fuqaroviy, maʼmuriy, intizomiy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Huquqbuzarlik-sodir etilganligi uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli, gʻayriijtimoiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik) huquqbuzarlikning jinoyat turi ozining ijtimoiy xavfliligi bilan ajralib turadi hamda qolgan huquqbuzarliklarga nisbatan huquqiy oqibati yomonroqdir.xususan,jinoyat uchun qolganlariga nisbatan ogirriq jazolar qollanilishi aytib otiladi.huquqbuzarliklarga nisbatan jazo choralari quyidagicha qollaniladi 1)Jinoiy javobgarli jk43-modda 2)Mamuriy mjtk23-modda 3)Intizomiy mk181-modda 4)fuqaroviy shaxsning toliq moddiy va manaviy jihatdan javob berishidir