Huquqiy javobgarlik
Huquqiy javobgarlik, yuridik javobgarlik — huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida ko‘zda tutilgan sanksiyalar asosida davlatning majburlov choralarini qo‘llash. Bu choralar fuqaroviy javobgarlik,ma'muriy javobgarlik intizomiy javobgarlik jinoiy javobgarlik turlariga bo‘linadi. Huquqiy javobgarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra, siyosiy, axloqiy va boshqa javobgarliklardan farq qiladi. Huquqiy javobgarlik huquqbuzarlikning turlariga muvofiq quyidagilarga bo‘linadi: jinoiy-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, maʼmuriy-huquqiy, intizomiy-huquqiy javobgarlik. Huquqiy javobgarlikda adolatlilik, insonparvarlik, qonuniylik asoslantirilganlik, huquq buzilgan holda javobgarlikning muqarrarligi, individuallik (faqat aybdor shaxsning o‘ziga nisbatan javobgarlik), maqsadga muvofiqlik kabi tamoyillarga amal qilinadi. Zaruriy mudofaa (shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari himoyasidan kelib chiqib, zarar yetkazuvchiga nisbatan zaruriy mudofaa doirasida qarshilik ko‘rsatish yoki zarar yetkazish); oxirgi zarurat (shaxs jamiyat, davlat manfaatlariga xavf tug‘diradigan holatlarda, bu xavfning oldini olishga qaratilgan choralar doirasidagi harakatlar); kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik; muomalaga layoqatsizlik; kazus (tasodiflar) va shahrik yuridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar hisoblanadi. Yuridik javobgarlikni amalga oshirish uchun vakolatli organning huquqni qo‘llash akti zarur bo‘ladi. Bunday aktlar sudning qarori, maʼmuriyat buyrug‘i bo‘lishi mumkin.
Nurmat Saburov, Shahzod Saydullayev.Abdumutalova Maxliyo
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |