Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi
2019-yil 22-martda taʼsis etilgan koʻkrak nishoni
„Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oshirishda koʻrsatgan xizmatlari uchun taqdirlanadilar[1][2][3].
„Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ ko'krak nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | koʻkrak nishoni | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston va xorijiy fuqarolarga | |
Taqdirlash asosi | jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oshirishda koʻrsatgan xizmatlari uchun taqdirlanadi. | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2019-yil 22-mart. |
Tavsifi
tahrir- „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining old tomoni markaz qismida odam shaklidagi tilla rangda adolat ramzi boʻlgan tarozi tasvirlangan. Tarozi adolat, odillik va qonuniylikni anglatadi.
- Tarozining pastki qismida beshta chiziqdan iborat yoʻl tasvirlangan boʻlib, ular adolat va haqiqatga eltuvchi yoʻllarni bildiradi.
- Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan sariq rangdagi doira ichida „NUQUQIY TARGʻIBOT ISNLARI AʼLOCNISI“ soʻzlari tilla rangda yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi dafna yaproqlari tasvirlangan.
- Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida olti qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan „Nuquqiy madaniyatni yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun“ soʻzlari yozilgan. Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir. Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
- Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning markazidan eni 6 millimetrli koʻk yoʻl oʻtgan. Uning har ikki tarafidan eni 1 millimetrli koʻk, eni 2 millimetrli yashil va eni 5 millimetr boʻlgan oq rangdagi yoʻllar tushirilgan. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Huquqiy targʻibot ishlari a’lochisi“ koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.03.2019-yildagi 240-son
- ↑ «Huquqiy targʻibot ishlari a’lochisi» koʻkrak nishoni toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
- ↑ «Huquqiy targʻibot ishlari a'lochisi» koʻkrak nishoni toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Havolalar
tahrir- Yoshlar ishlari agentligi xodimi “Huquqiy targʻibot ishlari a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi (Wayback Machine saytida 2023-07-07 sanasida arxivlangan)
- “Huquqiy targ`ibot ishlari a`lochisi” ko`krak nishoni o`z sohiblariga topshirildi (Wayback Machine saytida 2023-07-07 sanasida arxivlangan)