Huquqni muhofaza qilish organlari

Huquqni muhofaza qilish organlari — qonuniylik va huquqtartibotni muhofaza qilish, inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurash bilan shugʻullanuvchi idoralar. Oʻzbekistonda ularning faoliyati tegishli qonunlar asosida tartibga solingan ("Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi qonun, "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonun, "Pro-kuratura toʻgʻrisida"gi qonun, "Advo-katura toʻgʻrisida"gi qonun va shahrik.). Oʻzbekiston Respublikasida Huquqni muhofaza qilish organlariq.o.ga quyidagilar kiradi: sudlar (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudga boʻysunuvchi umumiy yurisdiksiyadagi sudlar, xoʻjalik sudlari); sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashni amalga oshiradigan organlar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezi-denti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi; Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy, texnik va moliyaviy jihatdan taʼminlash departamenti) prokuratu-ra; jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishga jalb qilingan organlar (surishtiruv va dastlabki tergov organlari), notarial faoliyatni amalga oshiruvchi organlar (notariat va boshqalar); advokatura.