Husayn Ali
Husayn ali (18-asrning 2-yarmi -19-asr boshlari) — tarixchi olim. Durroniylardan Temurshoh (1777—93), Zamonshoh (1793—1801), Mahmud (180103, 1809—18) davrlarida yashab, ijod etgan. Zamonshohning akasi shahzoda Humoyun huzurida xizmat qilgan. H.A.ning "Zebi tarixho" ("Tarixlar bezagi") asari (1803) Durroniylar davlatshsht siyosiy tarixiga oid. Asarda Afgʻonistondagi tarqoqlik, ichki nizolar, Balx hokimlari Qubod oʻzbek va Xudona-zarxon oʻzbek boshchiligida durroniylarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar va boshqa batafsil yoritilgan. Asar sharqshunos G.A.Voloshina tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, Toshkentda nashr etilgan (1965). Asar qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida (Inv. №1626) saqlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |