Park Sun-young (1989-yil 30-mayda tugʻilgan)[1], Hyomin sahna nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisa. Janubiy Koreyaning „T-ara“ qizlar guruhining aʼzosi. Guruh faoliyatidan tashqari, Hyomin „My Girlfriend is a Nine-Tailed Fox“ (2010), „Gye Baek“ (2011), „The Thousandth Man“ (2012) kabi turli teledramalarda va „Gisaeng Ryung“ (2011), „Jinx!!!“ (2013) kabi turli filmlarda rol ijro etgan. Hyomin 2014-yil 30-iyunda oʻzining ilk mini-albomi „Make Up“ bilan yakkaxon ijrochi sifatida debyut qilgan.

Hyomin
Tavalludi
Park Sun-young

30-may 1989-yil (1989-05-30) (34 yosh)
Pusan, Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqnavis
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa

Faoliyati tahrir

1989 — 2011 tahrir

Hyomin 1989-yil 30-mayda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida tug‘ilgan. 1997-yilda „MiMi Princess“ modellik tanlovida gʻolib chiqqan[2][3] va „T-ara“ guruhi bilan debyut qilishdan oldin taniqli internet yuziga aylangan. Hyomin „JYP Entertainment“ ostida amaliyot oʻtovchi boʻlgan va 2007-yilda „ Wonder Girls“ aʼzosi boʻlgan Hyunaning oʻrnini egallagan[4]. Hyomin 2009-yilda „T-ara“ aʼzosi sifatida debyut qilgan, 30-iyul kuni „M Countdown“ musiqiy dasturida oʻzining „Lie“ nomli singli bilan sahnada ilk bor chiqish qilgan[5].

Hyomin 2009-yil 23-oktyabrdan 2010-yil 24-dekabrgacha KBS’ telekanalida efirga uzatilgan „Invincible Youth“ estrada shousining doimiy ishtirokchisi sifatida qatnashib kelgan[6]. 2009-yil noyabr oyida „I Really Really Like You“[7], dramasia rol ijro etgan.

Hyomin „My Girlfriend is a Nine-Tailed Fox“ (2010) dramasida 2010-yilning 11-avgustidan 30-sentyabriga qadar Pan Sun-nyo rolini ijro etgan[8]. U oʻzining katta ekrandagi debyutini 2011-yil 4-avgustda chiqqan „Gisaeng Ryung“ dahshatli filmida qilgan[9].

Xayriya tahrir

Hyomin 2017-yil yanvar oyida „Save The Children Korea“ tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan „Give Love“ („Sevgi ber“) aksiyasida ishtirok etgan. Aktrisa bir nechta mahsulotlarni xayriya qilgan[10].

Hyomin 2019-yilda Gangvondodagi yong‘in falokati qurbonlari uchun turli buyumlarni buyumlarini xayriya qilgan[11].

Hyomin 2020-yil fevral oyida COVID-19 tarqalishi paytida Daegu shahri fuqarolariga 3000 ta niqob xayriya qilgan[12].

Diskografiyasi tahrir

Mini-albomlari tahrir

Nomi Albom tafsilotlari Eng yuqori pozitsiyalar Sotuvlar soni
KOR [13] TWN [14]
Make Up
  • Chiqarilgan: 2014-yil 30-iyun
  • Leybl: Main media
  • Format: CD, raqamli yuklab olish
6 15
Sketch
  • Chiqarilgan: 2016-yil 17-mart
  • Leybl: MBK Entertainment
  • Format: CD, raqamli yuklab olish
3 1
Allure
  • Chiqarilgan: 2019-yil 20-fevral
  • Leybl: Sublime Artist
  • Format: CD, raqamli yuklab olish
11

Singl tahrir

Nomi Yili Eng yuqori pozitsiyalar Sotuvlar soni Albom
KOR Gaon

[18]
KOR Billboard

[19]
CHNV Chart

[20]
"Nice Body" 2014 13 18 2 Make Up
"Sketch" 2016 120 1
  • KOR: 13,515
Sketch
"Gold"
"Mango" 2018 3 Allure
"U Um U Um" 2019 3
"Allure" 2

Manbalar tahrir

  1. „Hyomin (효민, Korean actress, singer)“ (en-US). HanCinema. Qaraldi: 2017-yil 20-noyabr.
  2. „티아라 효민, 알고 보니 미미공주 출신 | 홈 : 네이트 뉴스“ (ko). 모바일 네이트 뉴스. Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.
  3. „티아라 효민, '미미공주' 모델 사진공개 "깜찍하네" | 방송 : 네이트 연예“ (ko). 모바일 네이트 뉴스. Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.
  4. „원더걸스의 새 멤버로 추천받고 있는 박선영 몇 장의 사진“ (2007-yil avgust).
  5. „티아라 보람→효민 리더교체 "모든 멤버에게 기회줄 것" | 네이트 연예“ (ko). News.nate.com. Qaraldi: 2017-yil 13-iyun.
  6. „KBS '청춘불패', '아이돌 7공주'의 좌충우돌 시골생활 정착기 - 노컷뉴스“. CBS (2009-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 8-mart.
  7. „티아라 효민, 뮤지컬 배우 변신 '진짜진짜 좋아해' 캐스팅 - 아시아경제“. Asiae.co.kr (2009-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 13-iyun.
  8. „티아라 효민, '내 여자친구는 구미호'로 연기 데뷔 | 네이트 연예“ (ko). News.nate.com. Qaraldi: 2017-yil 13-iyun.
  9. „[TD포토] 영화 첫 데뷔 티아라 효민 '상큼한 손인사~' | 네이트 연예“ (ko). News.nate.com. Qaraldi: 2017-yil 13-iyun.
  10. „G마켓 글로벌샵,한류스타 32인 애장품 기부이벤트 | 경제 : 네이트 뉴스“ (ko). 모바일 네이트 뉴스. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  11. „아이유부터 싸이까지, 이틀간 10억…산불 피해에 연예계 기부 릴레이[종합 | 방송 : 네이트 연예“] (ko). 모바일 네이트 뉴스. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  12. „효민, 코로나19 확산에 또 조용한 선행…"마스크 3000개 대구로" | 홈 : 네이트 뉴스“ (ko). 모바일 네이트 뉴스. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  13. Gaon Weekly Album Chart
  14. „G-Music Combo Chart“ (zh). G-Music. 2011-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-fevral.
  15. „Gaon Album Ranking Monthly (7/2014) – see #15“ (ko). Gaon Music Chart.
  16. „Gaon Album Ranking Monthly (3/2016) – see #8“ (ko). Gaon Music Chart.
  17. „Gaon Album Ranking Monthly (3/2019) – see #70“ (ko). Gaon Music Chart.
  18. „Gaon Digital Chart“ (ko). Gaon Music Chart.
  19. „Korea K-Pop 100“. Billboard.
  20. „V Chart“ (zh). YinYueTai. 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-dekabr.
  21. „2014년 Download Chart (#301-400)“ (ko). Gaon Music Chart. 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-yanvar.