Internet Movie Database

filmlar, teleseriallar va video o'yinlar bilan bog'liq ma'lumotlarning onlayn ma'lumotlar bazasi
(IMDbdan yoʻnaltirildi)

Internet Movie Database (IMDb, tarjimasi Filmlarning Internetdagi bazasi) — filmlar, TV programmalar, aktyorlar, kinochilar, videooʻyinlar va badiiy qahramonlar haqida maʼlumot toʻplangan onlayn maʼlumot bazasi. Saytdan koʻplab odam qoʻllanadi: har oy IMDbga 10 milliondan oshiq qoʻllanuvchi kiradi.[1]

Internet Movie Database
Tijoratmi ha
Sayt turi onlayn maʼlumot bazasi
Roʻyxatdan oʻtish majburiy emas
Qaysi tillarda Inglizcha
Muassisi Amazon.com
Ochilgan sanasi 17-oktabr, 1990
URL http://www.imdb.com/

IMDb 1990-yil 17-oktabrda ochilgan. 1998-yil Amazon.com tomonidan oʻzlashtirilgan. 2012-yil noyabr oyida olingan maʼlumotga koʻra, IMDbda 2 352 367 ta badiiy nom va 4 930 353 ta kishi haqida maʼlumot bor.[2]

2022-yil mart oyi holatiga koʻra, maʼlumotlar bazasida taxminan 10,1 million nom (shu jumladan televideniya epizodlari) mavjud edi.[3]

2023-yil 12-fevral holatiga ko‘ra, Alexa veb-sayt reytingiga ko‘ra, IMDb dunyodagi eng ko‘p tashrif buyurilgan veb-saytlar ro‘yxatida 54-o‘rinni egalladi.[4]

Eng sara 250

tahrir

Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar bergan ovozlar yordamida IMDbda eng sara 250 film aniqlanadi.[5] Bu roʻyxatga 25 000 dan oshiq ovoz olgan, 45 minutdan uzoq davom etadigan va hujjatli boʻlmagan filmlargina kiritiladi.

Reyting

tahrir

Joriy formula oshkor etilmagan bo'lsa-da, IMDb dastlab ularning vaznli reytingini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalangan:[6]

 
qaysiki:
  • W vaznli reyting hisoblanadi;
  • R film uchun oʻrtacha reyting hisoblanadi, 1 dan 10 gacha;
  • v film uchun berilgan ovozlar soni;
  • m top 250 roʻyxatiga kirish uchun zarur boʻlgan minimal ovozlar;
  • C butun hisobot boʻyicha oʻrtacha ovoz hisoblanadi.

Eng sara 250 roʻyxati keng koʻlamli badiiy filmlarni oʻz ichiga oladi, jumladan, yirik relizlar, diniy filmlar, mustaqil filmlar, tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan filmlar, ovozsiz filmlar va ingliz tilidagi boʻlmagan filmlar. Hujjatli filmlar, qisqa metrajli filmlar va teleseriallar hozircha kiritilmagan.

2015-yildan beri reytingdagi telekoʻrsatuvlarga bagʻishlangan Top 250 roʻyxati mavjud.[7]


Eng sara 250 ning 20 tasi

tahrir
Oʻrin Film Chiqqan yili
1. Shoushenkdan qochish 1994
2. The Godfather 1972
3. The Godfather: Part Two 1974
4. Pulp Fiction 1994
5. The Good, the Bad and the Ugly 1966
6. 12 Angry Men 1957
7. Schindler's List 1993
8. Qora Ritsar 2008
9. Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi 2003
10. Fight Club 1999
11. Imperiya javob qaytarmoqda 1980
12. One Flew Over the Cuckooʻs Nest 1975
13. Uzuklar hukmdori: Uzuklar ittifoqi 2001
14. Muqaddima 2010
15. Goodfellas 1990
16. Yulduzlar jangi: Epizod IV – Yangi Umid 1977
17. Seven Samurai 1954
18. The Matrix 1999
19. Forrest Gump 1994
20. City of God 2002

Statistika

tahrir

2022-yil dekabr holatiga koʻra IMDbda quyidagicha statistika bor:[8]

Turi Soni
Badiiy film 629,807
Qisqa film 862,336
TV seriallar 235,708
TV epizodlar 7,147,915
TV kinolar 138,848
maxsus TV uchun 39,642
TV qisqa-seriyalar 46,417
TV qisqa (shorts english) 10,622
Podkast seriyalar 24,778
Podcast epizodlar 3,076,386
Videolar 268,515
Videooʻyinlar 33,106


Manbalar

tahrir
  1. „Eng mashhur 10 Internet kompaniya (ingl.). CelebJunkyz.com (2009-yil 19-avgust). 2012-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-avgust. „arxiv nusxasi“. 2012-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyun.
  2. „Statistika (ingl.). IMDb. Qaraldi: 17-noyabr, 2012.
  3. „10,1 million nom mavjud.“. https://www.imdb.com.
  4. „54-eng koʻp tashrif buyurilgan sayt“. https://www.htmlstrip.com.
  5. „Foydalanuvchilar ovoz bergan eng sara 250 film (ingl.). IMDb. 2009-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 1-mart.
  6. „IMDB Vote FAQ“. IMDb. 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-fevral.
  7. „Top 250 TV“. IMDb. 2016-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  8. „Press Room“. IMDb. 2022-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-may.

Havolalar

tahrir