Ibn Laʼliy
Ibn Laʼliy (15-asr, Badaxshon) – shahzoda, shoir. Shoh Badaxshonning oʻgʻli. Aql-hushli, xushtabʼ yigit boʻlgan. Shoʻxligi va sohibkaramligi el ogʻzida naql boʻlgan. Goʻzal sheʼrlar ham yozib, uning bir matlaʼsini Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da keltiradi:
Ey zi laʼli otashinat dar dili gulnor nor,
Gʻayri dil burdan nadori, ey buti makkor, kor.
(Mazmuni: Sening choʻgʻday labingdan qizil gulning bagʻriga oʻt tutashdi, ey makkor sanam, sening koʻngillarni oʻgʻirlashdan boshqa ishing yoʻqmi?)
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |