Ibn Xaldun
Ibn Xaldun Abduraxman Abu Zayd Ibn Muhammad (1332, Tunis – 1406, Qahira) – arab tarixchisi va faylasufi. Ibn Rushd(Averroes)ning izdoshi. 1349—75 yillarda Tunis, Fes, Gʻarnota, Bujjoya (Jazoirda) hukmdorlari saroyida yuqori lavozimlarda ishlagan. 1382-yil Misrga kelib, mudarrislik qilgan, umrining oxirida molikiylar mazha-bi qozisi boʻlgan. Ibn Xaldun Damashq shahri ning Amir Temurga topshirilishi shartlari haqida muzokara olib borgan delegatsiya tarkibiga kirgan edi. Shu tariqa Ibn Xaldun Amir Temur bilan shaxsan suhbatlashishga musharraf boʻlgan. Ibn Xaldunning dalolat berishicha, Amir Temur undan Magʻrib mamlakatlari, uning manzillari va shaharlarini batafsil bayon qilib berishni soʻragan. Ibn Xaldun Amir Temur tashqi siyosiy faoliyatiga salbiy nazar bilan qarashidan qatʼi nazar, sohibqiron shaxsiga munosib baho bergan. U Amir Temurning harbiy tarix sohasidagi teran bilimidan hayratga tushgan, uni „munozara-bahslarni yaxshi koʻradigan oʻtkir zakovatli va teran zehnli inson“, deb taʼriflagan. Asosiy asari: „Kitob ul-ibar“ („Ib-ratli misollar kitobi“, 1370). Asarda Ibn Xaldun jamiyat taraqqiyoti xususida oʻz fikrlarini hamda Sharq musulmon xa-lqlari (xususan, Magʻrib) tarixini bayon qilgan. Ibn Xaldun kishilar hayot tarzidagi tafovutlarni, asosan, geografik va boshqa moddiy omillarga bogʻliq deb hisoblagan. Asarda Ibn Xaldun oʻz tarixiy-ijtimoiy nazariyasini bayon qilib, axloq va ijtimoiy muassasalar kishilar turmushi bilan bogʻliqligini hamda mehnat va kishilarning oʻzaro munosabati jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlagan. Ibn Xaldun tarixiy-ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritgan.
Ibn Xaldun | |
---|---|
Tavalludi | 27-may 1332[1] |
Vafoti | 17-mart 1406 |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |