Ibn al-Arif
Ibnul Arif (arab. ابن العريف) yoki Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Muso ibn Atoulloh al-Mariyiy as-Sanhojiy (1088- yil 24- iyul – 1141-yil 27 -sentyabr) mashhur so‘fiy edi. U, ayniqsa, Ibn Masarra ta’limotiga asoslangan so‘fiylik maktabi yoki tariqatining asoschisi va “Mahosin al-majolis” asari muallifi sifatida mashhur[1].
Ibn al-Arif | |
---|---|
(Ibnul arif) | |
Tavalludi |
1088 |
Vafoti |
1141 Marokash |
Fuqaroligi | Murobitlar davlati |
Hayoti
tahrirIbnul Arif Sabta shahrida tug‘ilgan va umrining ko‘p qismini murobitlar hokimiyatining eng yuqori cho‘qqisida Andalusdagi Almeriyada o‘tkazgan. Uning otasi bir paytlar Tanjada arif, ya’ni tunda shaharda qorovullik qilish uchun mas’ul qo‘riqchilar boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Shundan u Ibnul Arif deb nom olgan. Ibnul Arifning otasi Tanjadan kelgan va uning oilasi Sanhoja qabilasiga mansub edi. Almeriya oʻsha davrda soʻfiylik markazi hisoblanardi. Ibnul Arif va Sevilyada istiqomat qiluvchi yana bir andalusiyalik so‘fiy Ibn Barrajon o‘z atrofiga ko‘p sonli izdoshlarni to‘plashgan, bu esa murobitlar hokimiyatining e’tiborini tortgan. 1141-yilda ikkovi ham sulton Ali ibn Yusuf tomonidan Marrakeshga chaqirilgan va u yerda ularni “bid’at ta’limotlarini yoyishda” ayblashgan[2]. Ibnul Arif o‘zini himoya qilgan va ozod qilingan, lekin ko‘p o‘tmay vafot etgan. Ibn al-Abborning yozishicha, yo “sulton Ibnul Arifning zo‘rligi va taqvodorligiga ishonch hosil qilgan va uni qo‘yib yuborishni va Sabtaga kuzatib borishni buyurgan” va Ibnul Arif u yerda kasallikdan vafot etgan. Yoki “Ibnul Arif qaytib ketayotganda, dengizdan o‘tish chog‘ida zaharlanib o‘lgan”. Uning qabri Marrokashda[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Ibn Khallikan's Biographical Dictionary, (translated ed. 1843), p. 150
- ↑ Bellver, José (2013). ""Al-Ghazālī of al-Andalus": Ibn Barrajān, Mahdism, and the Emergence of Learned Sufism on the Iberian Peninsula". Journal of the American Oriental Society. 133 (4): 669. doi:10.7817/jameroriesoci.133.4.0659. JSTOR 10.7817/jameroriesoci.133.4.0659.
- ↑ Faure, A. (1986) [1971]. "Ibn al-ʿArīf". In Bearman, P.; Bianquis, Th.; Bosworth, C.E.; van Donzel, E.; Heinrichs, W.P. (eds.). Encyclopaedia of Islam. Vol. III (2nd ed.). Leiden, Netherlands: Brill Publishers. p. 712. ISBN 9004081186.