Ibrahim Boubacar Keïta

Ibrahim Boubacar Keïta (fransuzcha: brahim Boubacar Keïta; 29-yanvar 1945-yil — 16-yanvar 2022-yil) — Mali davlat arbobi va siyosatchisi, Mali Bosh vaziri (1994-2000), Mali Milliy Assambleyasi raisi (2002-2007), Mali prezidenti (2013-yil 4-sentyabrdan 2020-yil 19-avgustgacha).

Ibrahim Boubacar Keïta
fransuzcha: Ibrahim Boubacar Keïta
Ibrahim Boubacar Keïta par Claude Truong-Ngoc décembre 2013 (cropped).jpg
Coat of arms of Mali.svg
 6-Mali Prezidenti
Flag of Mali.svg
 
Mansab davri
2013-yil 4-sentyabr — 2020-yil 19-avgustgacha
Hukumat boshligʻi Umar Li,
Musa Mara,
Modibo Keita,
Abdulaye Idrissa Mayga,
Sumeilu Bubeye Mayga
Bubu Sisse
Oʻtmishdoshi Dionkunda Traore
Vorisi Assimi Goita
(Xalqni qutqarish milliy qoʻmitasi raisi)
Coat of arms of Mali.svg
 5-Raisi
Mali Milliy Assambleyasi
Flag of Mali.svg
 
Mansab davri
2002-yil 16-sentyabr — 2007-yil 3-sentyabrgacha
Oʻtmishdoshi Ali Nuxum Diallo
Vorisi Dionkunda Traore
Coat of arms of Mali.svg
 7-Mali Bosh Vaziri
Flag of Mali.svg
 
Mansab davri
1994-yil 4-fevral — 2000-yil 15-fevralgacha
Oʻtmishdoshi Abdulloh Seku Su
Vorisi Mande Sidibe
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-yanvar 1945-yil
Kutiala, Fransiya Sudani
Vafoti 16-yanvar 2022-yil(2022-01-16)
(76 yoshda)
Bamako, Mali
Siyosiy partiyasi Malidagi Demokratiya uchun Alyans (1990-2001)
Mali uchun birlashma (2001-yildan beri)
Turmush oʻrtogʻi Keïta Aminata Maiga
Bolalari 4
Maʼlumoti Dakar universiteti, Parij 1 Panteon-Sorbonna universiteti
Mukofotlari Serbiya Respublikasi ordeni lentasi

Tarjimai holiTahrirlash

Ibrahim Boubacar Keïta 1945-yil 29-yanvarda Fransiya Sudanida (hozirgi Mali) tugʻilgan.[1] Parijdagi litseyni tamomlagach, Bamakoda oʻqigan, soʻngra Senegal poytaxti Dakarda, keyin esa Parijda tahsil oldi. U siyosatshunoslik va tarix professori hisoblanadi.

Dastlab, u Malida rivojlanish jamgʻarmasida (EEC) ishlagan. Mali, Niger va Burkina-Fasoda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilingan.

1990-yilda u ADEMA-PASJ mahalliy sotsialistik partiyasining aʼzosi boʻldi (Malidagi Demokratiya uchun Alyans — Ozodlik, birdamlik va adolat uchun Pan-Afrika partiyasi) va prezidentlikka nomzod Alfa Umar Konarening saylovoldi shtabini boshqardi. Konare prezident etib saylangach, koʻp oʻtmay 1994-yilda Keïtani hukumat boshligʻi etib tayinlaydi. Oʻsha yili Keïta partiyaning rahbari boʻladi va 1999-yilgacha bu lavozimni egalladi.[2] Shu-yilning 15 fevralda Malida Bosh vazir almashtirildi. Keyingi-yili Ibrahim Boubacar Keïta Mali Sotsialistik partiyasidan chiqib ketadi. U yangi bir partiya — Mali uchun Birlashma tashkil qiladi va unga rahbarlik qiladi.[3]

2002-yil 16-sentyabrda Keïta Mali parlamenti spikeri etib saylanadi. U ushbu lavozimda deyarli besh yil davomida 2007-yil 3-sentyabrgacha ishlagan.

U 16-yanvar 2022-yilda 76 yoshida vafot etdi.[4]

ManbalarTahrirlash

  1. „アーカイブされたコピー“. 4-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-sentabr 2007-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2007-09-04).
  2. „webmail http://webmail.ovh.net“. 13-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-avgust 2020-yil.
  3. „アーカイブされたコピー“. 31-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-avgust 2008-yil.
  4. Mali’s ousted president Ibrahim Boubacar Keita dies, former minister says