Alimov Ibrohim Abdugʻafforovich(1935-2016) - tarix fanlari doktori (1982), professor (1989), arxivshunos olim.

Ibrohim Alimov
Alimov Ibrohim Abdugʻafforovich
Tavalludi 5-aprel 1935-yil
Vafoti 2016
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Ibrohimjon Alimov 1935-yil 5-aprel Andijon shahrida tavallud topgan. Moskva davlat tarix-arxiv institutida tahsil olgan (1953-1958). Mehnat faoliyati mobaynida respublika markaziy arxiv organlarida (1958-1973), Tarix institutida boʻlim mudiri (1989-1995), Andijon davlat universitetida professor-oʻqituvchi sifatida ish yuritadi.

Olim 1966-yil “Toshkent viloyatida yer-suv islohoti (1925-1926 yy.)” mavzusida nomzodlik, 1980-yili “Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalarida agrar isloxotlarning tarixiy tajribasi (1920-1924 yy.)” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. Ilmiy faoliyati davomida 4 ta darslik, 10 dan ortiq oʻquv qoʻllanma, umumiy hisobda 66 ta kitob, 250 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalarga mualliflik qilgan. Shuningdek, ustoz-pedagog sifatida 8 nafar fan doktori, 20 nafar fan nomzodlariga ilmiy rahbarlik qilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil