Ibrohim Aminiy (toʻliq ismi: Amir Sadriddin Sulton Ibrohim Aminiy; taxm. 1478-1535) shoir, tarixchi, mansabdor. Xondamirning soʻzlariga qaraganda Movarounnaxr bilan tamom Xurosonga mashhur boʻlgan oʻqimishli, mansabdor oilasidan chiqqan. Yoshlik kezlarida Sulton Husayn Boyqaroning oʻgʻli Muzaffar Husaynga mulozim boʻlgan, 1504 yili sadrlik lavozimiga tayinlangan. Hirot Shayboniyxon tarafidan ishgʻol etilgan (1507 y.) dan keyin Ibrohim Aminiy temuriylar xizmatida boʻlgan koʻpchilik mansabdor qatori taʼqib ostiga olindi va yer – suvi va mol-mulki qaytarib berildi. Oʻshanda Ibrohim Aminiy Safaviylarning Hirotdagi hokimi xizmatiga qabul qilingan boʻlishi mumkin. 1520 yili u Kazvinga bordi va shoh Ismoilning xizmatiga kirdi. Shoh unga oʻzining harbiy yurishlari va istilolari tarixini yozishni topshirdi. Lekin asar bitmay qoldi – 1535 yilning 21-iyun kuni Shayboniylarning Garchistondagi hokimi Bayrom oʻgʻlonning Hirotga qilgan hujumini qaytarish chogʻida jangda halok boʻldi[1].

Manbalar

tahrir
  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).