Ibrahim Boubacar Keïta (fransuzcha: brahim Boubacar Keïta; 29-yanvar 1945-yil — 16-yanvar 2022-yil) — Mali davlat arbobi va siyosatchisi, Mali Bosh vaziri (1994-2000), Mali Milliy Assambleyasi raisi (2002-2007), Mali prezidenti (2013-yil 4-sentyabrdan 2020-yil 19-avgustgacha).

Ibrahim Boubacar Keïta
fransuzcha: Ibrahim Boubacar Keïta
 6-Mali Prezidenti
 
Mansab davri
2013-yil 4-sentyabr – 2020-yil 19-avgustgacha
Hukumat boshligʻi Umar Li,
Musa Mara,
Modibo Keita,
Abdulaye Idrissa Mayga,
Sumeilu Bubeye Mayga
Bubu Sisse
Oʻtmishdoshi Dionkunda Traore
Vorisi Assimi Goita
(Xalqni qutqarish milliy qoʻmitasi raisi)
 5-Raisi
Mali Milliy Assambleyasi
 
Mansab davri
2002-yil 16-sentyabr – 2007-yil 3-sentyabrgacha
Oʻtmishdoshi Ali Nuxum Diallo
Vorisi Dionkunda Traore
 7-Mali Bosh Vaziri
 
Mansab davri
1994-yil 4-fevral – 2000-yil 15-fevralgacha
Oʻtmishdoshi Abdulloh Seku Su
Vorisi Mande Sidibe
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-yanvar 1945-yil
Kutiala, Fransiya Sudani
Vafoti 16-yanvar 2022-yil(2022-01-16)
(76 yoshda)
Bamako, Mali
Siyosiy partiyasi Malidagi Demokratiya uchun Alyans (1990-2001)
Mali uchun birlashma (2001-yildan beri)
Turmush oʻrtogʻi Keïta Aminata Maiga
Bolalari 4
Maʼlumoti Dakar universiteti, Parij 1 Panteon-Sorbonna universiteti
Mukofotlari Serbiya Respublikasi ordeni lentasi

Tarjimai holi tahrir

Ibrahim Boubacar Keïta 1945-yil 29-yanvarda Fransiya Sudanida (hozirgi Mali) tugʻilgan.[1] Parijdagi litseyni tamomlagach, Bamakoda oʻqigan, soʻngra Senegal poytaxti Dakarda, keyin esa Parijda tahsil oldi. U siyosatshunoslik va tarix professori hisoblanadi.

Dastlab, u Malida rivojlanish jamgʻarmasida (EEC) ishlagan. Mali, Niger va Burkina-Fasoda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilingan.

1990-yilda u ADEMA-PASJ mahalliy sotsialistik partiyasining aʼzosi boʻldi (Malidagi Demokratiya uchun Alyans — Ozodlik, birdamlik va adolat uchun Pan-Afrika partiyasi) va prezidentlikka nomzod Alfa Umar Konarening saylovoldi shtabini boshqardi. Konare prezident etib saylangach, koʻp oʻtmay 1994-yilda Keïtani hukumat boshligʻi etib tayinlaydi. Oʻsha yili Keïta partiyaning rahbari boʻladi va 1999-yilgacha bu lavozimni egalladi.[2] Shu-yilning 15 fevralda Malida Bosh vazir almashtirildi. Keyingi-yili Ibrahim Boubacar Keïta Mali Sotsialistik partiyasidan chiqib ketadi. U yangi bir partiya — Mali uchun Birlashma tashkil qiladi va unga rahbarlik qiladi.[3]

2002-yil 16-sentyabrda Keïta Mali parlamenti spikeri etib saylanadi. U ushbu lavozimda deyarli besh yil davomida 2007-yil 3-sentyabrgacha ishlagan.

U 16-yanvar 2022-yilda 76 yoshida vafot etdi.[4]

Manbalar tahrir

  1. „アーカイブされたコピー“. 2007-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 15-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2007-09-04 sanasida arxivlangan)
  2. „webmail http://webmail.ovh.net“. 2014-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.
  3. „アーカイブされたコピー“. 2009-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 31-avgust.
  4. Mali’s ousted president Ibrahim Boubacar Keita dies, former minister says