Ibrohim Nozuvayh, Ibrohim bin Muhammad bin Saʼd“Nasoyim ul-muhab­bat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Isʼhoq. Javonmardlik tariqatining yirik namoyandasi. Koʻrkam qiyofa va chiroyli ovoz sohibi boʻlgani uchun “Nozuvayh” nomi bilan mashhur boʻlgan. Abu Hafs Haddod va Abu Usmon Hiriy bilan hamsuhbat boʻlgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.