Ibrohim Sodiqov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Ibrohim Solihovich Sodiqov (1952-yil, 5-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (2001), professor (2001).
Ibrohim Solihovich Sodiqov | |
---|---|
Tavalludi |
5-yanvar 1952-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | aloqa yoʻllari muhandisi |
Sohasi | avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatasiya qilish |
Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirIbrohim Sodiqov 1952-yil 5-yanvar Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. 1969—1974-yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. Mutaxassisligi aloqa yoʻllari muhandisi. 1974—1975-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti stajyor-oʻqituvchisi, 1975—1976-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi assistenti, 1979—1983-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi assistenti, 1983—1985-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1985—1992-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi dotsenti, 1995—2000-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻl qurilishi fakulteti dekani, 2000—2001-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari boʻyicha prorektori, 2001—2003-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻyicha prorektori, 2003—2012-yillarda Jizzax politexnika instituti rektori[2], 2012—2013-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti avtomobil yoʻllari va aerodromlar kafedrasi professori, 2013—2017-yillarda Lugansk milliy agrar universiteti „Yer boshqaruvi va avtomobil yoʻllarini qurilishi va geodeziya“ kafedrasi professori, 2018—2020-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiya qilish kafedrasi professori vazifasida faoliyat olib borgan. 2020-yildan Toshkent davlat transport universiteti avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiya qilish kafedrasi professori[1][3].
Ilmiy faoliyati
tahrirIbrohim Sodiqov 1976—1979-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti aspiranturasida, 1992—1995-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti doktoranturasida oʻqigan. 1982-yilda „Bir xil sathda kesishuvchi yoʻllarning chorrahasini koʻchirilgan chapga burilish bilan loyihalash“ mavzusida nomzodlik dissertasiyasini 2001-yilda „Avtomobil yoʻllarining transport-ekspluatasion sifatlarini prognozlash va boshqarish“ mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. 170 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 7 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 2 ta patent, 18 ta uslubiy ishlanma muallifi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Institut tarixi“. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
- ↑ „Sadikov Ibragim Salixovich“.