Ibrohim bin Saʼd Alaviy“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abulisʼhoq. Imom Hasan bin Ali bin Abu Tolib avlodidan. Bagʻdodda tugʻilib, Shomda yashagan. Abulhoris Avlosiyning tariqatdagi ustozi. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.