Icarus
ICARUS — bu sayyorashunoslik faniga bag'ishlangan ilmiy jurnal hisoblanadi. Icarus jurnali Amerika Astronomiya Jamiyatining Sayyora fanlari bo'limi tomonidan rasman tasdiqlangan. Ushbu jurnalda astronomiya, geologiya, meteorologiya, fizika, kimyo, biologiya va Quyosh tizimi yoki quyoshdan tashqari tizimlarning boshqa ilmiy jihatlari bo'yicha yangiliklar, kashfiyotlar hamda ilmiy tadqiqot natijalari e'lon qilib boriladi. Icarus ilm-fan sohasidagi akademik jurnaldir.
Icarus jurnal 1962-yilda tashkil etilgan va 1974-yilda Amerika Astronomiya Jamiyatining Sayyorashunoslik fanlari bo'limi bilan bog'liq holda faoliyat yuritishni boshlagan. Uning asl egasi va nashriyotchisi Elsevier bo'lib, Akademik Pressni 2000-yilda sotib olgan. Icarus jurnali 1962-yildan to hozirgi kungacha qizg'in faoliyat olib boradi. Jurnal AQSH da ingliz tilida chop etiladi. Ushbu jurnalning yangi soni har oyda bir marta nashr qilinadi. Ushbu akademik jurnalning impakt faktori (yoki ta'sir omili) 2020-yilgi ma'lumotlarga ko'ra 3,508 ga teng.
Icarus jurnalining Xalqaro standart seriya raqami (ISSN) — 0019-1035. Muharriri sayyoralar geologi, vulqonlarni o'rganuvchi olim, ko'plab ilmiy maqolalar va bir necha kitoblar muallifi, shuningdek ta'lim sohasida faoliyat olib boruvchi Rozali Lopes.
Yil | Muharrir(lar) |
---|---|
1962-1968 | Albert G. Wilson and Zdeněk Kopal |
1968-1979 | Carl Sagan |
1980-1997 | Joseph A. Burns |
1998-2018 | Philip D. Nicholson |
2018- | Rosaly Lopes |
Jurnal yunon mifiologiyasidagi "Icar" afsonaviy labirint nomi bilan atalgan. Icarus jurnali har bir sonining old qismida ingliz astronomi, fizigi va matematigi ser Artur Eddingtonning kengaytirilgan iqtiboslari mavjud.
Indekslash
tahrirUshbu jurnal bir necha xizmatlar tomonidan indekslanadi:[3][4]
- Ilmiy iqtiboslar indeksi
- Joriy tarkib / Fizika, kimyo fanlari
- Kompyuter va nazorat qilish uchun referatlar
- Elektr va elektronika referatlari
- Fizika konspektlari. Ilmiy konspektlar. A seriyasi
- GeoRef
- Kimyoviy referatlar xizmati
- Xalqaro aerokosmik abstraktlar
- Energiya tadqiqotlari tezislari
Manbalar
tahrir- ↑ C. Sagan (1980). „Editorial“. Icarus. 41-jild, № 1. iii-bet. Bibcode:1980Icar...41D...3S. doi:10.1016/0019-1035(80)90155-4.
- ↑ J. A. Burns (1997). „Thanks for the Memories“. Icarus. 130-jild, № 2. 225–227-bet. Bibcode:1997Icar..130..225B. doi:10.1006/icar.1997.5859.
- ↑ Online catalog. „Icarus“ (via World Cat). Hollis Classic Library. Harvard University. Qaraldi: 2012-yil 12-avgust.
- ↑ „Master Journal List“. Thomson Reuters. Qaraldi: 2012-yil 12-avgust.[sayt ishlamaydi]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |