Ichak disbakteriozi
Inson organizmida bakteriyalarning maʼlum guruhlari mavjud. Bu holda, har bir muayyan soha uchun, ogʻiz boʻshligʻi, ichak, tomoq yoki qin boʻladimi, bu mikroorganizmlar majmui farq qiladi. Bundan tashqari, har bir kishi uchun bu bakteriyalar kombinatsiyalari koʻpincha individualdir. Shifokorlar bu optimal bakteriyalar majmuasini „eubioz“, baʼzan esa ichakning biotsenozi deb atashadi, uning tarkibi, miqdori yoki xususiyatlarining buzilishi esa „disbakterioz“ deb ataladi. Ushbu maqolada esa biz disbakteriozning oʻziga xos shaklini — ichak mikroflorasining buzilishini koʻrib chiqamiz. [1]
Bu holat yoki kasallik (ikkinchi tushuncha hozirgacha bahs va munozaralarga sabab boʻlmoqda) jiddiyligiga qarab belgilari standart alomatlar bilan kechadi, biroq, ichak disbakteriozi paydo boʻlishi sabablari tubdan farq qilishi mumkin.
Oddiygina ovqatlanish ratsionini oʻzgartirish, suv kimyoviy tarkibining oʻzgarishi (boshqa joyga koʻchib oʻtish tufayli), iqlim oʻzgarishi, stress, ovqatlanish — ichakning shartli patogen mikroflorasida oʻzgarishlarga olib kelishi va disbakterioz belgilari sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, disbakteriozga oziq-ovqatdan zaharlanish, antibiotiklardan foydalanish yoki oshqozon-ichak trakti kasalliklari sababchi boʻlishi mumkin. Eng muhimi, ichak mikroflorasi buzilishining alomatlaridan xalos boʻlish uchun, birinchi navbatda bunday holatning paydo boʻlishiga sababchi boʻlayotgan omillar bilan kurashish kerak.
Sabablari
tahrirIchak disbakteriozidan, afsuski, katta shaharning katta va kichik aholisi aziyat chekadi . Disbakterioz rivojlanishining asosiy sababi bu turmush tarzi:
- doimiy bir xil ovqatlanish, vitaminlar, minerallar va tolalar yetishmasligi;
- ovqatlanish rejimini muvozanatsizligi, duch kelganda ovqatlanish;
- yangi tugʻilgan chaqaloqlarni va hayotning birinchi yilidagi bolalarni sunʼiy sut aralashmalari bilan oziqlantirish, bolalar uchun sunʼiy oziqlarning aksariyati bifidogen emas;
- doimiy jismoniy va psixologik stress sharoitida yashash;
- joydan joyga koʻp koʻchib oʻtish, oʻzgaruvchan yashash sharoiti;
- koʻp sonli dorilarni isteʼmol qilish. [2]
Alomatlariga qarab tasniflanishi
tahrirMikroflora oʻzgarishining jiddiyligiga qarab disbakterioz toʻrt bosqichga boʻlinadi, ularning har biri oʻz belgi va alomatlariga ega. Keling, ularni jadval shaklida aniqlik bilan koʻrib chiqamiz:
Disbakterioz bosqichi | Alomatlari | Bartaraf qilish usullari va ehtimolli asoratlari |
Birinchi bosqich | Alomatlar deyarli sezilmaydi. Ehtimol qorin „qurullashi“ namoyon boʻlishi mumkin. | Birinchi bosqich disbakteriozi oziq-ovqat yoki suv turining oʻzgarishi tufayli rivojlanadi. Sababchi omil mikrofloraning mustaqil tiklanishi bilan bartaraf boʻladi. |
Ikkinchi bosqich | Ich qotishi yoki ich ketishi kuzatiliadi, ishtahaning pasayishi, ogʻizda yoqimsiz taʼm sezilishi, ehtimol, koʻngil aynishi va qayt qilish kuzatiladi. | Bunday alomatlar ichak mikroflorasining sezilari oʻzgarishlarida kuzatiladi, bu holat antibiotiklarni qabul qilish yoki oziq-ovqatdan zaharlanish tufayli rivojlanadi. |
Uchinchi bosqich | Ichakda ogʻriqlar paydo boʻladi, axlat bilan hazm boʻlmagan ovqat qismlari chiqishi kuzatiladi, ikkinchi bosqichda aytib oʻtilgan alomatlarning kuchayishi qayd qilinadi. | Ushbu bosqichdagi disbakterioz ichak devorlarining yalligʻlanishi, ovqat hazm qilish jarayonining buzilishiga olib keladi. Jiddiy asoratlarni oldini olish uchun dori-darmonlar bilan davolanadi. |
Toʻrtinchi bosqich | Oldingi bosqichlardagi alomatlar, uyqusizlik, apatiya, tushkunlik kuzatiladi. | Ichak mikroflorasining deyarli butunlay oʻzgarishida anemiya va avitaminoz rivojlanadi. Malakali davolashsiz toʻrtinchi bosqich disbakterioz jiddiy infektsion kasalliklarga olib kelishi mumkin. |
Axlatdagi mikroorganizmlarning tarkibi boʻyicha kasallik tasnifi
tahrirBundan tashqari, ichak disbakteriozining yana bir tasnifi mavjud boʻlib, bu mikroflora buzilgan holatda axlatni laboratoriya tekshiruvi koʻrsatkichlariga asoslanadi. Kattalar uchun u ikki guruhga boʻlinadi. Aniqlik uchun biz uni jadval shaklida taqdim etamiz:
Yosh | Disbakterioz darajasi | Laboratoriya koʻrsatkichlari |
50 yoshgacha | 1 bosqich | 105-106 tagacha kamaygan yoki 109-1010 tagacha koʻpaygan tipik ichak tayoqchalari, 105-106 gacha kamaygan laktobakteriyalar koʻrsatkichi va 106-107 gacha kamaygan bifidobakteriyalar koʻrsatkichi. |
2 bosqich | Shartli-patogen mikroorganizmlar koʻrsatkichining 105-107 gacha koʻtarilishi, bifidobakteriyalar koʻrsatkichining 107 va laktobakteriyalarning 105 gacha kamayishi. | |
3 bosqich | Shartli-patogen mikroorganizmlarning koʻrsatkichi 107 dan yuqori boʻladi, laktobakteriyalar koʻrsatkichi 105 gacha, bifidobakteriyalarniki esa 107 gacha pasayadi. | |
50 yoshdan keyin | 1 bosqich | Tipik ichak tayoqchalarinig koʻrsatkichi 105-1010 dan yuqori, laktobakteriyalar koʻrsatkichi 104 −105 gacha, bifidobakteriyalarniki esa 106-107 gacha pasaygan. |
2 bosqich | Shartli-patogen mikroorganizmlar koʻrsatkichi 105-107 gacha koʻtarilgan, laktobakteriyalar koʻrsatkichi 104 gacha, bifidobakteriyalarniki 106 gacha pasaygan. | |
3 bosqich | Shartli patogen mikroorganizmlar koʻrsatkichi 106-107 dan oshib ketgan, laktobakteriyalar koʻrsatkichi 104, bifidobakteriyalar koʻrsatkichi 106 dan past. |
Ichak mikroflorasi buzuqligi bilan axlatni vizual taxlil qilish
tahrirShuningdek, ichak disbakteriozida ichak patologiyasi tabiatiga alohida eʼtibor beriladi, bu axlat rangi va turiga, shuningdek holatiga qarab osonlikcha aniqlanadi.
Sargʻish tusdagi axlat koʻp miqdorda hazm boʻmagan ovqat va ortiqcha kraxmaldan dalolat beradi. Bunday holatda vaziyatni rostlash uchun xom sabzavotlar, uglevodlar va sut oʻrniga oqsilga boy oziq-ovqatlar tavsiya etiladi (qaynatilgan goʻsht, tuxum, pishloq).
Juda toʻq rangli va badboʻy hidli axlat ichakda ishqorli reaktsiya mavjudligini, shuningdek hazm boʻlmagan kletchatka borligini koʻrsatadi. Bu holatda, ratsiondan vaqtincha goʻsht va yogʻlarni chiqarib tashlab, koʻproq qaynatilgan sabzavotlar va sut mahsulotlari isteʼmol qilish kerak.
Ich ketishi bilan kechadigan ichak disbakteriozini „yumshoq“ oziq-ovqat mahsulotlariga asoslangan parhez bilan tuzatish kerak. Ratsiondagi ovqat issiq yoki sovuq boʻlmasligi kerak, oziq-ovqat qaynatilgan va imkon qadar ezilgan boʻlishi kerak.
Agar disbakterioz qabziyat bilan namoyon boʻlsa, ratsionga koʻproq kletchatkaga boy mahsulotlarni kiritsh kerak: olma, karam, sabzi, oʻrik.
Kattalarda kasallikni davolash
tahrirBoshida taʼkidlanganidek, agar disbakterioz aniqlansa, davolash birinchi oʻrinda holat sababchisini bartaraf qilishga qaratilgan boʻladi: antibiotik qabulini yakunlash, sababchi boʻlgan kasallikni davolash yoki avvalgi ovqatlanish tartibiga qaytish. Ammo aksariyat holatlarda davolanish nafaqat buzilgan mikroflora alomatlarini bartaraf qilishga, balki uni tiklash uchun ham qaratilgan boʻladi. Ushbu maqsadlar uchun zamonaviy tibbiyot uch turdagi davolashni taklif qiladiz
Kasallik davrida parhez
tahrirIchak mikroflorasi buzilganda toʻgʻri ovqatlanish, ayniqsa dastlabki bosqichlarida, disbakterioz muammosini butunlay bartaraf etish imkonini beradi. Biz yuqorida axlat konsistentsiyasini normallashtirish uchun imkoniyatlarni koʻrib chiqdik, endi bu holatda boshqa oziq-ovqat qoidalarini muhokama qilamiz.
Disbakteriozda kishi parhezi imkon qadar muvozanatli boʻlishi kerak. Isteʼmol qilinayotgan ovqatda yetarli miqdorda oqsillar, yogʻlar va uglevodlar, shuningdek suyuqlik mavjud boʻlishi kerak. Shifokorlar ovqatlanishdan yarim soat oldin bir stakan iliq suv ichishni tavsiya qilishadi. Bundan tashqari, oziqlanish tartibi besh marta kichik ovqatlanishlarni oʻz ichiga olishi, shuningdek, yotishdan oldin ichakga tushadigan ogʻirlikni kamaytirish kerak.
Disbakterioz rivojlanganda isteʼmol qilinadigan mahsulotlar orasida quyidaglar mavjudligi ham muhimdir:
- Achitqi sut mahsulotlari va tabiiy yogʻli sut, chunki ular bifido- va laktobakteriyalar bilan toʻyingan ;
- Karam, sabzi, lavlagi va dengiz suvoʻtlarida yetarli miqdorda boʻlgan pektinlar va kletchatkalar;
- Glutamin va arginin aminokislotalari, ularning manbalari — tovuq, mol goʻshti, sut mahsulotlari, baliq, petrushka, ismaloq, yongʻoq, qovoq urugʻlari, bugʻdoy un, noʻxat.
Ushbu keltirilgan roʻyxatni tahlil qila turib, disbakteriozda parhez tutish bu cheklovlar emas, balki mazali va sogʻlom ovqatlanish degan xulosaga kelish mumkin. Eng muhimi, bu „ogʻir“ mahsulotlarni koʻp isteʼmol qilmaslik, haddan tashqari koʻp yeb qoʻymaslik, shuningdek, qovurilgan, achchiq, shoʻr va boshqa nosogʻlom ovqatlardan tiyilish kerak.
Ichakdagi mikrofloraning muvozanatini tiklash usullaridan biri bu shifokor tomonidan tayinlangan terapevtik parhezdir. Har bir bemor ovqatlanish boʻyicha individual maslahat olishi kerak. Shu bilan birga, har qanday darajadagi disbakteriozga chalingan barcha bemorlar tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan umumiy prinsiplar mavjud.
Ovqat hazm qilish ritmini tiklash uchun bir xil soatlarda ovqatlanish kerak, yaʼni parhezni rejimlashtirish kerak. Yogʻli goʻsht va baliqni oʻz ichiga olgan ichak mikroflorasini buzadigan oziq-ovqat mahsulotlarini cheklash yoki butunlay isteʼmol qilmaslik, ularga: konservalar, goʻsht va baliq yarim tayyor mahsulotlari, gazlangan suv va yarim tayyor fabrikatlar kiradi. Ushbu mahsulotlarning barchasi tarkibida konservantlar va boʻyoqlar mavjud va ular floraga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Ovqat hazm qilishni va foydali mikrofloraning oʻsishini ragʻbatlantiradigan ovqatlar bilan dietani boyiting. Ularga — don va undan olinadigan mahsulotlar, javdar, makkajoʻxori, tariq, grechka va kepak kabi mahsulotlar kiradi. Bundan tashqari, tolaga boy sabzavotlarni isteʼmol qilish kerak: qovoq, sabzi, pomidor, bodring. Meva ham foydalidir, faqat yangi, konserva emas, shuningdek yangi siqilgan sharbatlar. Yongʻoq va qatiq mahsulotlari ham disbakteriozni yengishga yordam beradi.
Saqlash muddati qisqa boʻlgan qatiq mahsulotlarini tanlang: bu mahsulot tarkibida jonli mikroorganizmlar mavjudligining kafolati. Qatiqni issiqda qoldirmaslik kerak, chunki 40 ° C dan yuqori haroratlarda foydali bakteriyalar oʻlishni boshlaydi.
Kasallikda prebiotik va probiotiklar
tahrirDisbakteriozni davolashda shuningdek prebiotik va probiotik preparatlar qoʻllanadi va aytishlariga qaraganda, ular ichak mikroflorasi buzilgan hollarda samarali yordam bermoqda. Nomlanishi oʻxshashligiga qaramasdan, prebiotiklar va probiotiklar tubdan farq qiluvchi preparatlar boʻlib, ularning taʼrifini batafsilroq tushunish maqsadga muvofiqdir.
Prebiotiklar — bu mavjud boʻlgan foydali mikrofloraning oʻsishi va faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan moddalardir. Prebiotiklar oshqozon-ichak tizimida hazm qilinmaydi, oddiy qilib aytadigan boʻlsak, prebiotiklar bu foydali mikroflora uchun oziq-ovqat hisoblanadi.
Prebiotiklarning farmakologik shakllari orasida koʻpincha Laktuloza, Laktitol, Hilak Forte buyuriladi. Bu dorilarning asosiy nomlari boʻlib, ularning oʻnlab savdo nomlari mavjud.
Bundan tashqari, prebiotik boʻlgan tabiiy mahsulotlar ham mavjud. Ular orasida sut mahsulotlari, piyoz va sarimsoq, donlar mavjud.
Endi probiotiklar haqida. Ushbu preparatlar organizmga kerak boʻlgan mikroorganizmlar majmui boʻlib, ichakka yetarli miqdorda tushganda mikrofloraga ijobiy taʼsir qiladi. Shu bilan birga, ularni qoʻllash juda bahsli masala.
Holbuki, probiotiklar shaklida mikroorganizmlarning bevosita kiritilishi koʻplab shartlarga ega. Baʼzi mikroorganizmlar shunchalik miqdorda kerakki, ularni tashqaridan olish oson emas, boshqalarini esa jonli shaklda kiritish juda murakkabdir. Va probiotiklarni qoʻllashning haqiqiy foydalari haqida laboratoriya dalillari juda koʻp emas.
Foydali taʼsiri tasdiqlangan probiotiklardan dorixonada Laktobakteriyalar va Bifidobakteriyalar saxaromitset Bulardi, enterokokklarni topish mumkin. [1]
Kasallikni jiddiy shakllarini davolash
tahrirOgʻir shakllarda ichak disbakteriozi yanada murakkab farmakologik preparatlar bilan davolanadi va ular uchta shartli guruhga boʻlinadi.
Ulardan birinchisi antibakterial preparatlardir. Ular muayyan turdagi mikroorganizmlarga taʼsir koʻrsatadi va oʻsishini va tarqalishini toʻxtatadi. Antibakterial preparatlar (ichak antiseptiklari) mikrofloraning buzilishiga olib kelgan mikroorganizmlar turiga qarab buyuriladi.
Shartli-patogen mikroorganizm | Qoʻllaniladigan antibakterial preparat |
Enterokokk | Ersefuril, Furazolidon, Enterofuril, Levomitsitin, makrolidlar. |
Protey | Nevigramon, Sulgin, Ersefuril, Enterofruil. |
Stafilokokk | Piobakteriofag, stafilokokk Bakteriofag. |
Kandidalar va boshqa zamburugʻli agentlar | Flukonazol, Mikosist, Terbinafrin, Ambizom. |
Klostridiyalar | Metronidazol, Vankomitsin. |
Pseudomonas aeruginosa | Kanamitsin, Gentamitsin. |
Antibakterial vositalar kabi bakteriofaglar ham bir xil taʼsir qiladi. Ularning tarkibida maʼlum bir mikroorganizmlarni nobud qilish uchun maxsus viruslar mavjud. Antibakterial dorilar kabi, bakteriofaglar bakteriyalar turiga qarab guruhlarga boʻlinadi: pseudomonas, stafilokokk va boshqalarga qarshi.
Va nihoyat, disbakteriozga qoʻshimcha ravishda buyurilgan va uning alomati va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlarini bartaraf etadigan farmatsevtik preparatlarni koʻrib chiqamiz.
Immunomodulyatorlar — organizmning himoya xususiyatlarini yaxshilaydigan preparatlar boʻlib, ichak mikroflorasi buzilganda bunday preparatlarni qabul qilish tiklanish jarayonini tezlashtiradi. Immunomodulyatorlardan foydalanish faqat shifokor tavsiyasi boʻyicha amalga oshirilishi kerak, afzallikni esa oʻsimlik asosida tayyorlangan vositalarga berish kerak.
Antigistamin preparatlar. Ichak disbakteriozi fonida rivojlanishi mumkin boʻlgan allergik reaktsiyalar paydo boʻlishining oldini olish uchun ishlatiladi.
Spazmolitiklar. Koʻpincha ich ketishi bilan birga kechayotgan disbakteriozda buyuriladi. Eng mashhur spazmolitik preparat bu No-Shpa hisoblanadi, faqat ich ketishini toʻxtatish uchun esa Loperamid tavsiya etiladi. Ichak mikroflorasining buzilishi ich qotish bilan birga kuzatilsa, u holda vaziyatni toʻgʻirlash uchun maxsus shamchalar qoʻllanadi.
Zamonaviy tibbiyot
tahrirDisbakterioz faqat MDH mamlakatlarida alohida kasallik sifatida qaraladi. Gʻarb tibbiyoti bu holatni oʻziga xos omillar keltirib chiqaradigan holat sifatida taʼriflaydi.
Oddiy kishilar uchun disbakterioz bu kasallikmi yoki holatmi, qizigʻi boʻlmasa kerak, lekin baribir tegishli boʻlgan qiziqarli maʼlumotlarni keltirib oʻtamiz:
- Xalqaro kasalliklar tasnifida (Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining rasmiy hujjati) „disbakterioz“ tashxisi mavjud emas. Bu holatga eng yaqin tashxis — bakterial oʻsishning ortiqcha sindromi. Bu tashxis ingichka ichakdan olingan millilitr aspiratda 105 dan oritq mikrorganizmlar aniqlanganda qoʻyiladi.
- Gʻarb tibbiyoti ichak mikroflorasini oʻrganish uchun axlatni tahlil qilishga juda shubhali qaraydi. „Normal ichak mikroflorasi“ tushunchasi juda noaniq va har bir kishi uchun individual, bu esa shifokorlarga aniq xulosa qilishga yordam bermaydi.
- Sobiq SSSR hududida disbakterioz tushunchasi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan juda faol ravishda tarqatilmoqda. Bu oqlangan qadammi yoki buning ortida faqat reklama orqali tijoriy foyda olish yashiringanmi, hukm qilish qiyin.
- Koʻpgina shifokorlar ichak mikroflorasi buzilganda probiotik va bakteriofaglardan foydalanish samarasiz deya taʼkidlashmoqda. Ularning fikriga koʻra, tashqi mikroorganizmlar ichakda yashab ketishlari uchun deyarli hech qanday imkoniyat yoʻq, bakteriyofaglar esa oshqozonda parchalanib ketadi va ularning hech qanday tegishli foydasi boʻlmaydi.
Shunday qilib, disbakterioz haqida yagona xulosa — bu zamonaviy tibbiyotdagi eng bahsli kasallik hisoblanadi. Biroq, uning kelib chiqishi sabablari va alomatlari juda aniq va mutlaqo samarali tarzda bartaraf qilinishi mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „ICHAK DISBAKTERIOZI — YUZAGA KELISHI SABABLARI, ALOMATLARI, TURLICHA DAVOLASH“. Qaraldi: 5-avgust 2022-yil.
- ↑ „Ichak disbakteriozi sabalari va davolash“. Qaraldi: 5-avgust 2022-yil.
Havolalar
tahrirhttps://avatars.mds.yandex.net/get-vthumb/1030728/6b3596bcb0d1db593e446f4049144ae5/564x318_1