Ichimlik
Ichimlik deb odam isteʼmol qilishi uchun tayyorlanadigan suyuqlikka aytiladi. Atama ichish soʻzidan olingan. Ichimliklar tarkibidagi alkogol miqdoriga qarab spirtsiz va spirtli ichimliklarga ajratiladi.
TurlariTahrirlash
SuvTahrirlash
Eng keng tarqalgan ichimlik chuchuk suvdir. Suv odam va boshqa organizmlar uchun muhim suyuqlik boʻlib, odam tanasining taxminan 70 %ini tashkil etadi. Suv tuzlarni eritib, metabolizmda katta rol oʻynaydi. Shifokorlar kuniga 8 stakan (~1,8 litr) suv ichishni tavsiya etishadi.[1]
Issiq ichimliklarTahrirlash
Bularga issiq choy, sut, qahva va boshqalar kiradi. Biroq choy va sut yaxna holda ichilishi ham mumkin.
Yaxna ichimliklarTahrirlash
Yaxna ichimliklar sovutilib ichiladi. Bularga sovuq choy, sharbat, limonad, alkogolsiz pivo va boshqalar kiradi.
Spirtli ichimliklarTahrirlash
Spirtli ichimliklarga tarkibida sezilarli miqdorda etanol bo'lgan ichimliklar: musallas, pivo, aroq va k kiradi.
BoshqalarTahrirlash
Qatiq, goʻja kabi mahsulotlarni ham ichimlik, ham taom, deb hisoblash mumkin.
ManbalarTahrirlash
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |