Ida Cogswell Bailey Allen (1885-yil 30-yanvar — 1973-yil 16-iyul[1]) amerikalik oshpaz va yozuvchi boʻlib, bir vaqtlar xalq orasida „Millatning uy bekasi[2]“ nomi bilan tanilgan. 50 dan ortiq oshxona mavzusida kitoblar yozgan[3]. Allenning antiqa ovqat kitoblarini mutaxassislar Patricia Edwards va Peter Peckham „haqiqiy boylik“ deb taʼriflagan[4].

Ida Bailey Allen
Tavalludi 30-yanvar 1885-yil
Vafoti 16-iyul 1973-yil(1973-07-16)
(88 yoshda)
Norwalk, Connecticut, AQSH
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Oshpaz
Jurnalist
Radio jurnalist
Yozuvchi

Tarjimai holi tahrir

Allen 1885-yilda AQSHning Konnektikut shtati Danielson shahrida tugʻilgan[5][6].

Faoliyati tahrir

1924-yildan boshlab Allen Sunday New York American gazetasining oziq-ovqat sahifasi muharriri boʻlib ishladi. 1928-yilga kelib Allen ikki soatgacha kengaygan muntazam kunduzgi radio shousini olib bordi. U nafaqat shouda ishtirok etdi, balki oʻz mahsulotlarini tayyorladi va sotdi. Allen bitta kompaniya shouga homiylik qilishdan koʻra reklama orqali mahsulot sotishni afzal koʻrgan. Radiodagi faoliyati 1932-yilda tugadi. Soʻng Columbia Broadcasting Systemda yana bir pazandachilik shousini boshladi[7][8]. Allen televideniyaning birinchi ayol oshpazi boʻldi[4].

Bailey Allen Good Housekeeping jurnalining muharriri boʻlib, „Three Meals a Day“ maqolasini yozgan[9]. Shuningdek, Pictory Review va Womanʼs World jurnallarining iqtisodiyot boʻlimi muharriri boʻlgan. Allen Milliy radio klubining prezidenti va asoschisi boʻlgan.

Bir paytlar Allen New York shahridagi Madison Avenue uyida yashagan. U yerga tashrif buyuruvchilar yaʼni Allenning xodimlari ovqat pishirish uchun yangi retseptlar ishlab chiqishlari va sinab ko‘rishlari mumkin edi. 1932-yilda Allen Coca-Cola uchun yozgan "When You Entertain" nomli reklama kitobi shu qadar mashhur boʻlganki, olti oy ichida 375 000 nusxa sotilgan[10].

Oʻlimi tahrir

Allen 1973-yil 16-iyulda Konnektikut shtatining Norvalk shahrida vafot etgan[6].

Nashr etilgan asarlari tahrir

 
Allen xonimning oshxona kitobi, 1917, Allen tomonidan yozilgan koʻplab oshxona kitoblaridan biri.

Bu Allenning nashr etilgan asarlarining qisman roʻyxati.

  • Mrs. Allen's Cookbook. Small, Maynard and Company, 1917. 
  • For The Bride — Helpful Hints Practical Suggestions and Valuable Records. Reuben Donnelley Corp., Chicago 1922 & 1923.
  • Home Partners, or, Seeing the Family Through, Privately Printed, 1924
  • Cooking Menu Service. Garden City Publishing, 1924. 
  • The Modern Method of Preparing Delightful Foods. Corn Products Refining Company, 1927. 
  • Your Foods and You, PF Collier & Son, 1929
  • Service Cook Book #1, 1933. 
  • Ida Bailey Allen's Modern Cook Book: 2500 Delicious Recipes. Garden City Publishing Co, 1932. 
  • When You Entertain – What To Do and How. Coca-Cola, 1932. 
  • Ida Bailey Allen's Wines and Spirits Cook Book. Simon and Schuster, New York, 1934. 
  • The Service Cook Book No. 2. Educational Publishing Corp. for F. W. Woolworth Co., 1935. 
  • Money-Saving Cook Book; Eating for Victory. Nelson Doubleday, 1942. 
  • Pressure Cooking. Garden City Books, 1949. 
  • Ida Bailey Allen's Step By Step Picture Cook Book. Grosset and Dunlap, 1952. 
  • Gastronomique: A Cookbook for Gourmets, 1962
  • Best Loved Recipes of the American People, 1973

Manbalar tahrir

  1. U. S., Social Security Death Index, 1935-2014
  2. Pack, MM. „A Brief History of Food Radio“. The Austin Chronicle (2011-yil 15-iyul). Qaraldi: 2012-yil 5-noyabr.
  3. „Ida Bailey Allen“. LibraryThing. Qaraldi: 2012-yil 5-noyabr.
  4. 4,0 4,1 Patricia Edwards and Peter Peckham. „Collecting classic cookbooks: Repasts from the past“. excerpt from the Antique Trader® Collectible Cookbooks Price Guide. Antique Trader. Qaraldi: 2012-yil 5-noyabr.
  5. Massachusetts, Marriage Records, 1840-1915
  6. 6,0 6,1 DeLong, Thomas A. (1996). Radio Stars: An Illustrated Biographical Dictionary of 953 Performers, 1920 through 1960. McFarland & Company, Inc. ISBN 978-0-7864-2834-2. P. 9.
  7. Kathleen Morgan Drowne. The 1920s. Greenwood Publishing Group, 2004 — 70 bet. ISBN 978-0313320132. 2012-yil 7-noyabrda qaraldi. 
  8. Hilmes, Michele. Radio Voices: American broadcasting, 1922-1952. University of Minnesota Press, 1997 — 148 bet. ISBN 978-0816626212. 
  9. Allen, Ida C. Bailey. Mrs. Allen's Cookbook. Boston: Small, Maynard and Company, 1917 — 755 bet. 
  10. Mooney. „"When You Entertain" book“. Coca-Cola Conversations. 2012-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-noyabr.