Idris al-Vosiq (arab. أبو العلا أبو الدبوس الواثق بالله إدريس بن محمد بن أبي عبد الله محمد بن أبي حفص بن عبد المؤمن), Abu Dabbus nomi bilan tanilgan, 1266-yildan boshlab oʻlimigacha Marrakeshda hukmronlik qilgan oxirgi muvahhid xalifasi boʻlgan.

Idris al-Vosiq
muvvahhidlar
Hukmronligining boshlanishi: 1266
Hukmronligining tugashi: 1269
Oʻtmishdosh: abu hafs Umar murtazo
Merosxoʻr:mariniylar
Tugʻilgan sanasi:

Hayoti

tahrir

Marrakosh 1266-yilgacha Mariniy sultoni Abu Yusuf Yoqub ibn Abdulhaq tomonidan qamal qilingan, ammo muvaffaqiyatsiz boʻlgan. Idris chalkash vaziyatdan foydalanib, amakivachchasi Abu Hafs Umar al-Murtazoni Abu Yusufning yordami bilan quvib chiqargan va oʻzini Almohod xalifasi deb e’lon qilgan. Biroq, Mariniy hukmdori oxir-oqibat oʻz fikrini oʻzgartirib, Zayyoniy Yagʻmurasin ibn Zyanni Marrakeshga hujum qilishga undagan. Qamal 1268-yildan 1269-yil sentyabrgacha, shahar qulagangacha davom etgan. Idris al-Vosiq Mariniy-Zayyoniylar birlashgan qoʻshinlari tomonidan qoʻlga olingan va qatl etilgan[1]. Idrisning oʻlimi Muvahhidlar xalifaligining tugashini belgiladi.

Manbalar

tahrir
  1. Julien, Charles-André. Histoire de l'Afrique du Nord, des origines à 1830, Payot, Paris, 1994.