Idris ibn Burxosh Keshiy
Abu Maʼoz Uʼbodiy ibn Idris ibn Burxosh Keshiy muhaddis va roviylardan IX asrda yashagan. Abdulhamid Keshiyning asosiy va eng soʻnggi shogirdlaridan hisoblangan. Mashhur muhaddisning hayoti va ilmiy merosiga bogʻliq koʻplab maʼlumotlar Idris ibn Burxosh Keshiy tomonidan yozib olingan va keyingi avlodlarga yetkazilishida katta xizmat qilgan roviylardan boʻladi. Abdulhamid Keshiyning vafoti bilan bogʻliq ishonchli xabar Burxosh Keshiydan keltiriladi. Bu maʼlumot ikki ulugʻ muhaddis va qadrdon birodar boʻlgan Yahyo ibn Abdulgʻafur (Qodir va Abdulhamid Keshiylarning bir kunda vafot etishi va ikki muhaddisning janozasi bir vaqtda boʻlganligidir). Muarrix Shamsiddin Zahabiy oʻzining „Tarixi islom“ asarida Ibn Burxoshning „Sanad“ nomli asari boʻlganligi va yuqoridagi xabarni u mazkur asarida yozganligini taʼkidlagan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Шамсуддин Заҳабий. Тарих ал-Ислом. – Байрут. 1302 ҳ. – Ж. 4. – Б. 425.