Ifor yoxud bir mahkum qissasi (film)
Ifor yoxud bir mahkum qissasi (nemischa: Das Parfum. Die Geschichte eines Mörders ) – 2006-yilda rejissyor Tom Tykwer tomonidan suratga olingan dramatik film. Patrick Süskindning shu nomdagi romani asosida suratga olingan[2].
Ifor yoxud bir mahkum qissasi | |
---|---|
Das Parfum. Die Geschichte eines Mörders | |
Rejissyor(lar) | Tom Tikver |
Prodyuser(lar) | Bernd Eichinger |
Ssenariynavis(lar) |
Bernd Eichinger Tom Tykwer |
Qaysi asarga asoslangan |
Patrick Süskind romani asosida |
Rollarda |
Ben Whishaw |
Studiya(lar) |
Constantin Film[1] VIP Medienfonds 4[1] Nouvelles Editions de Films[1] Castelao Productions[1] |
Distribyutor |
DreamWorks Pictures[1] Paramount Pictures (Shimoliy Amerika)[1] Constantin Film Verleih[1] (Germaniya) Metropolitan Filmexport (Fransiya) Filmax (Ispaniya) |
Davomiyligi | 147 daqiqa |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $6 mln |
Daromadi | $135 mln |
Syujeti
tahrir1738-yili Parijda gʻayrioddiy chaqaloq – Jean-Baptiste Grenouille Parij kanalizatsiyasida, baliq bozori peshtaxtasi ostida dunyoga keladi. Bir uyum baliq ichaklari orasiga tashlab ketilgan chaqaloq hayotidagi hech narsa bilan taqqoslab boʻlmaydigan birinchi zarbani boshdan kechiradi. Bolalar uyidan uni koʻnchi Grimal asrab oladi. Grenouille koʻp yillar davomida unga xizmat qiladi. Kunlardan bir kun Grenouille uydan qochib ketadi va italiyalik parfyumer Baldiniy (Dustin Hoffman) doʻkoniga kirib qoladi. Uning doʻkoni katta tanazzulga yuz tutgandi. Grenouille parfyumerlik sanʼatini oʻrganish istagini bildirganda Baldiniy avvaliga uni rad etadi. Keyinchalik Grenouille sinov tariqasida „Cupid and Psyche“ parfyumeriya formulasini aralashtirib koʻrishni taklif qiladi. Gʻazablangan Baldiniy Grenouilleni haydab yuboradi, lekin aralashmani sinab koʻrgach, bolakay daho ekanligini tushunadi. Grenouillening xushboʻy hidlar yaratish qobiliyatidan hayratda qolgan Baldiniy uni koʻnchilik zavodidan 50 frankga sotib olib, oʻziga shogird qilib oladi[1].
Rollarda
tahrir- Ben Whishaw Jean-Baptiste Grenouille rolida
- Alan Rickman Antoine Richis rolida
- Rachel Hurd-Wood Laure Richis rolida
- Dustin Hoffman Giuseppe Baldini rolida
- Sian Thomas Madam Gaillard rolida
- Corinna Harfouch Madam Arnulfi rolida
- Sam Douglas Grimal rolida
- Birgit Minichmayr Grenouillening onasi
- Karoline Herfurth olxoʻri sotuvchi malla soch qiz rolida
- Dora Romano Baldiniyning xotini rolida
- Carlos Gramaje Politsiya leytenanti rolida
- David Calder as Grass episkopi rolida
- Jessica Schwarz Natalie rolida
- Joanna Griffiths Marianne rolida
- Sara Forestier Jeanne rolida
- Timothy Davies Chenier rolida
- Paul Berrondo Druot rolida
- John Hurt hikoyanavis sifatida (inglizcha)
- Otto Sander hikoyanavis sifatida (nemischa)
- Jacques Perrin hikoyanavis sifatida (fransuzcha)
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 „Perfume: The Story of a Murderer (2006)“. Box Office Mojo. 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ Нейтан 2021.
Adabiyotlar
tahrir- Нейтан, Иэн. Ридли Скотт. Гений визуальных миров. От Чужого до Марсианина, Подарочные издания. Кино. М.: Эксмо, 2021. ISBN 978-5-04-113211-8.
- Парфюмер. От книги к фильму. М.: Азбука-классика, 2007. ISBN 978-5-91181-445-8.
Havolalar
tahrir- ComingSoon veb-sayti uchun rejissyor Tom Tykver bilan suhbat. (Wayback Machine saytida 2006-12-24 sanasida arxivlangan) Net (Wayback Machine saytida 2006-12-24 sanasida arxivlangan) Arxiv nusxasi(ingl.)
- Ben Vishoning ComingSoon veb-sayti uchun intervyusi. (Wayback Machine saytida 2006-12-31 sanasida arxivlangan) Net (Wayback Machine saytida 2006-12-31 sanasida arxivlangan) Arxiv nusxasi(ingl.)