Igor Anatolevich Pashkevich (ruscha: Игорь Анатольевич Пашкевич; 1971-yil 1-iyul — 2016-yil 26-mart) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi va murabbiy boʻlgan. 1990-yilda Sovet Ittifoqi vakili sifatida oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni va 1996-yilda Rossiya terma jamoasi aʼzosi sifatida Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. Igor Pashkevich 1994-yil Rossiya vakili sifatida Lillexammer Olimpiadasida va Ozarbayjon vakili sifatida 1998-yil Nagano Olimpiadasida ishtirok etgan.

Igor Pashkevich
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi 1-iyul 1971-yil
Moskva
Vafoti 26-mart 2016-yil(2016-03-26)
(44 yoshda)
Palm Beach
Oldingi murabbiylari Viktor Kudryavtsev, Marina Kudryavtseva
Mashgʻulot oʻtkazgan joylari Moskva
Yakunlagan 1998

Faoliyati

tahrir

Pashkevich konkida uchishni 1976-yilda boshlagan.

Sovet Ittifoqi va Rossiya vakili sifatida

tahrir

Faoliyatining boshida Pashkevich Sovet Ittifoqi uchun musobaqalashgan va 1990-yilda Kolorado shtatining Kolorado Springs shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin u Rossiyani himoya qilgan. Igor 1993-yilda Chexiya Respublikasining Praga shahrida boʻlib oʻtgan birinchi katta Xaqaro konkida uchish ittifoqi chempionatida 14-oʻrinni egallagan.

1994-yil fevral oyida Pashkevich Norvegiyaning Lillexammer shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, 15-oʻrindan joy olgan[1]. Keyingi oyda u 1994-yilda Yaponiyaning Chiba shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 9-oʻrinni egallagan. 1995 — 1996-yillarda, yaʼni Rossiyadagi soʻnggi mavsumida u 1995 Finlandiya Trophy turnirida oltin, 1995 NHK Trophy turnirida esa kumush medal sohibi boʻlgan. 1996-yilgi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan[2].

Ozarbayjon vakili sifatida

tahrir

Pashkevich 1996 — 1997-yilgi mavsumda Ozarbayjon vakili sifatida musobaqalarda qatnashisha boshlagan. 1997-yilgi Yevropa chempionatida yettinchi, 1997-yilgi Jahon chempionatida sakkizinchi oʻrinni egallagan. Keyingi mavsum, oʻzining soʻnggi 1997 Trophee Lalique musobaqasida bronza medalini va 1997-yil Millatlar kubogida kumush medalni qoʻlga kiritgan. U 1998-yilgi Yevropa chempionatidan ishtirok etgan, 1998-yili Yaponiyaning Nagano shahrida bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashib 16-o‘rindan joy olgan. Unga Marina Kudriavtseva murabbiylik qilgan. Igor mavsum oxirida isteʼfoga chiqqan[3].

Dasturlari

tahrir
Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
1997 — 1998

  • (nomaʼlum)

Natijalari

tahrir
Xalqaro
Musobaqa 88 — 89 89 — 90 90 — 91 91 — 92 92 — 93 93 — 92 94 — 95 95 — 96 96 — 97 97 — 98
Olimpiya 15ㅤ 16ㅤ
Jahon chempionati 14ㅤ 9ㅤ 8ㅤ
Yevropa chempionati 2ㅤ 7ㅤ WD
Finlandia Trophy 1ㅤ
Golden Spin 3ㅤ
Nebelhorn Trophy 2ㅤ 2ㅤ
Piruetten 5ㅤ
Schäfer Memorial 4ㅤ 2ㅤ
Skate Electric 7ㅤ
Skate Israel 1ㅤ
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chemp. 7ㅤ 1ㅤ
Xalqaro
Ozarbayjon chemp. 1ㅤ
Rossiya chemp. 3ㅤ 3ㅤ 3ㅤ
Sovet chemp. 7ㅤ
WD: Musobaqani tark etgan

Manbalar

tahrir
  1. Elfman, Lois. „Friends, colleagues remember late Pashkevich“. IceNetwork.com (2016-yil 29-mart). 2018-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-dekabr.
  2. „Coaching Staff: Igor Pashkevich“. Palm Beach Ice Works. 2016-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Vaytsekhovskaya, Elena. „Последний штрих свободного художника“ (Russian). Sport Express (2016-yil 27-mart).