Ijaraga beruvchi
Ijaraga beruvchi – ijara shartnomasida ishtirok etuvchi bir taraf boʻlib, ijaraga beruvchi oʻz mol-mulkini ijaraga beruvchi mol-mulk egasi hisoblanadi. Qonun yoki mulkdor tomonidan mol-mulkni ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar ham ijaraga beruvchi boʻlishlari mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 538-moddasisi) [1]. Bu holatda mulkdorning vakili ijaraga beruvchi deb qaraladi. Ijaraga beruvchi boʻlib har qanday shaxs ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻla oladi [2].