Ijtimoiy stafikatsiya nazariyasi

IJTIMOIY STRATIFIKATsIYa NAZARIYa si — (lot. stratum — katlam va facio Hozirgi zamon sotsiologiyasining tushunchalaridan biri. Jamiyat ijtimoiy tuzilishining elementla ridan biri bulib, undagi maʼlum tartiblarni koʻp oʻlcham asosda tasniflashtirish. Stratifikatsiya turli belgilarga, shuningdek, guruhlarning jamiyat tuzi- lishidagi oʻrnini aniq belgilashda qoʻllanadi. Tasnifning mezoni, jamiyatning sotsiologik tash- xislashtirish va maʼlum ijtimoiy guruhlarning aniq maqomini rasmiylashtirish hisoblanadi. Bun- da eng kuyi koʻrsatkichlar va ijtimoiy demografik omillarning maʼlum modellarini yaratishda foy- dalaniladi. I. s. n. tushunchasi sotsiologiyada moddiy boyliklarning notekis taqsimlanishi, individ- lar va ijtimoiy guruhlarning hokimiyatdagi vazi- falari, ijtimoiy nufuzi xilma-xilligini angla- tadi, ayniksa, bu jarayon hozirgi sanoatlashgan ja- miyatlarda ijtimoiy guruhlarning vazifalari bilan bevosita boglangan. Jamiyat ijtimoiy tizimiga bun- day yondashish va uni oʻrganishga birinchi bulib M.Veber asos solgan. Keyinchalik bu taʼlimot Par- sons, Shilz, B.Barber, K.Devis, V. Mur va b.lar tomonidan rivojlantirilgan. Jumladan, K. Devis va V. Mur ijtimoiy stratifikatsiya taʼlimotining ustunligiga erishish uchun jamiyat oʻz aʼzolarini maʼlum funksiyalarni bajaradigan turli guruhlarga boʻladi. Har bir guruhning pozitsiyasi oʻziga xos kobi- liyat va tayyorgarlikni talab qiladi. Jamiyat, bi- rinchidan, kishilar faoliyatining samaradorligi- ni oshirishda xizmat qilishi kerak, ikkinchidan, jamiyat maʼlum notekis taqsimot usullariga ham ega boʻlishi zarur. Bularning barchasi fuqarolarni egallab turgan mavqeiga bogʻliq. Ijtimoiy tizimda qoʻlga kiritilgan foyda va uning taqsimlanishi qatlamlashtirish (stratifikatsiya)ni keltirib chi- qaradi. Shuning uchun ijtimoiy tengsizlik anglab olinmagan vosita sifatida shakllanadi. Natijada jamiyat malakali shaxslarni egallab turgan mavqelarini koʻrsatishni talab qiladi. Har bir jamiyat sodda yoki murakkab boʻlishiga qaramasdan, kishi- larni tabaqalashtirishi uchun ularning nufuzi va hurmati ham maʼlum notekisliklarga ega boʻlishi zarur. Ijtimoiy iztiroblardan potensial himoya qilingan jamiyatlarda I.s.n.ning chegarasi cheklangan boʻladi. Ijtimoiy larzalari koʻproq boʻlgan ja-miyatlarda I.s.n.lashtirish kuchliroq boʻladi. Oʻzbekiston mustaqillik yillarida bozor iqtiso- diyotiga oʻtish jarayonida oʻziga xos, oʻziga mos yusin- da utmokda. Bu birinchi navbatda Oʻzbekistonning bozor iktisodiyotiga bosqichma-boskich, aholini ijtimoiy himoyalash va b. orqali aholini keskin farqqa ega boʻlgan guruhlarga boʻlinib ketishining oldini olishga intilmoqda.

Adabiyotlar

tahrir

Falsafiy qomusiy lugʻat „OʻZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYaTI NAShRIYoTI“ „ShARQ“ NAShRIYoT-MATBAA AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSI BOSh TAHRIRIYaTI TOShKENT — 2004