Ikrom Jalilov (1922.10.2, Chimkent) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), yuridik fanlari doktori (1972), professor (1988). 2-jahon urushi qatnashchisi. Toshkent davlat yuridik institutini (1946), shu institut aspiranturasini (1953) tugatgan. Andijon viloyatida tuman va shahar prokurori (1947—50), Toshkent davlat yuridik institutida oʻqituvchi (1954—55). Adliya va prokuratura sohalarida ishlagan. 1958-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutining ilmiy xodimi, sektor mudiri, katta ilmiy xodim. Ilmiy ishlari yer huquqini va agrar krnunchilikni takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan. "Jasorat" medali bilan taqdirlangan (1994)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil