Ikrom xoji jome masjidi
Ikrom xoji jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi.
Masjid | |
Ikrom xoji jome masjidi
Ikrom xoji | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Yangiyoʻl |
Manzil | Tinchlik jamoa xo'jaligi, Xonqo'rg'on qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan O'zbekiston mahalla fuqarolar yigʻini 64-uy |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik | 2021—2022 |
Soʻngi imom | Lutfulla domla Yusufjonov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirIkrom xoji jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Tinchlik jamoa xoʻjaligi, Xonqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Oʻzbekiston mahalla fuqarolar yigʻini 64-uyda joylashgan[1]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Lutfulla domla Yusufjonov hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.80 gektar joyda 100 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Eski qovunchi qishloq fuqarolar yigʻini, Urazov koʻchasi, Gulbahor mahalla fuqarolar yigʻini, Xonqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻini, Keng kichik mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.
Tarixi
tahrirIkrom xoji jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. 2021-yil 27-avgust kuni masjid uchun yangino qurilishi boshlandi. Din ishlari boʻyicha qoʻmita mas’ul xodimi Muhammadbobur Yoʻldoshev, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, nuroniy otaxonlar, homiylar masjidning ilk tamal toshini qoʻyishida qatnashishdi. Eski jome masjidning binosi atigi 200 kishiga moʻljallangan boʻlib, namozxonlarga tor kelib qolgan edi. Yangi masjid binosi 2022-yilda ishga tushishi bilan bu bunoga 2500 kishi namoz ibodatini ado qila boshladi. 25 kishiga moʻljallangan yangi tahoratxona foydalanishga topshirildi[2]. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 9-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „ИКРОМ ХОЖИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ „«ИКРОМ ҲОЖИ ОТА» МАСЖИДИ ҚАЙТА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ“. old.muslim.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.