Ikuo Hirayama
Xirayama Ikuo (1930.15.6, Ikuchjima sh.) — yapon rassomi, tadqiqotchi olim, Tokio nafis sanʼat va musiqa milliy universiteti prezidenti. Uning ilmiy tadqiqot lari Buyuk ipak yoʻlining koʻp asrlik tarixiga bagʻishlangan. Toshkent, Samarqand, Buxoro sh.laridan olgan taassurotlari natijasi oʻlaroq "Turkiston xarobalari", "Buxoro", "Markaziy Osiyo" kabi kartinalari yuzaga keldi. Yaponoʻzbek madaniyati arboblari aloqalarini kengaytirishda, hamkorlikdagi arxeologik ekspeditsiyalar, koʻrgazmalar oʻtkazishda faollik koʻrsatmoqda. 2001 yil oʻz mablagʻiga Toshkentda Xalqaro madaniyat karvonsaroyi qurdirdi. YUNESKO—Yaponiya assotsiatsiyasining raisi. Yaponiya Sharq madaniyati muzeyining asoschisi va direktori. Afgʻoniston va Iroq madaniy yodgorliklari va tarixini sakdab qolish jamgʻarmasining prezidenti. Xalqaro mukofotlar (Avliyo Georgiy ordeni, Vatikan, 1974; Fransiya mukofoti, 1991; Shveysariya mukofoti, 1995), Yaponiyaning bir qancha mukofotlari, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi ning "Oltin medali" bilan mukofotlangan (2002).
Shuhrat Yoqubov.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |