Ildar Xafizov — oʻzbekistonlik va amerikalik yunon-rum kurashchisi, millati tatar[1],Osiyo chempionati gʻolibi[2], 2008-yil Xitoy Xalq Respublikasida va 2020-yil Tokioda oʻtkazilgan Yozgi Olimpiada oʻyinlari qatnashchisi.

Ildar Xafizov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston AQSH bayrogʻi AQSh
Tavallud sanasi 30-yanvar 1988-yil (1988-01-30) (36 yosh)
Toshkent shahri,Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 166 sm
Vazni 60 kg
Sport
Qaysi sport Yunon rum kurashi
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Bronza Bishkek 2013 60 kg gacha
Kumush Tashkent 2012 55 kg gacha

Biografiya tahrir

Ildar Xafizov 1988-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2007-yilda Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan va shu yili oʻtkazilgan Jahon chempionatida 5-oʻrinni egallagan. 2008-yilda u Pekindagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi, ammo u yerda u atigi 10-oʻrinni egalladi. 2009-yilgi jahon chempionatida esa 30-oʻrinni egallagan. 2011-yilda Ildar Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi, Jahon chempionatida yana 30-oʻrinni egalladi. 2017-yilda 59 kg vazn toifasida AQSh chempionligiga erishgan. 2017, 2019, 2022-yilgi Jahon chempionatlarida AQSH terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Manbalar tahrir