Ilgʻor fermer
„Ilgʻor fermer“ koʻkrak nishoni bilan mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, uning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltirish, xalqimizning rizq-roʻzi va farovonligini, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, qishloq xoʻjaligining paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqa yoʻnalishlarida samarali faoliyat koʻrsatayotgan, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etgan, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanayotgan hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishayotgan, ularni qayta ishlash, saqlash, tayyorlash va eksport qilish ishlarida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritayotgan, koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻygan, moddiy-texnik bazasi mustahkam, tajribali va ilgʻor fermer xoʻjaliklari rahbarlari taqdirlanadilar[1][2][3].
„Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | koʻkrak nishoni | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | respublikada qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, uning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻygan, moddiy-texnik bazasi mustahkam, tajribali va ilgʻor fermer xoʻjaliklari rahbarlari | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2018-yil 26-iyun. |
Tavsifi
tahrir- „Ilgʻor fermer“ koʻkrak nishoni 38x49 millimetr oʻlchamdagi oval shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining chetki yon tomonlarida xalqimiz farovonligi va rizq-roʻzi ramzi boʻlgan timsollar aks ettirilgan boʻlib, uning chap yon tomonida bugʻdoy boshoqlari hamda ochilgan paxta chanoqlari, oʻng yon tomonida esa uzum shingili va mevalar tasvirlangan.
- Koʻkrak nishonining markazida quyoshning majoziy timsoli sifatida toʻq sariq rangli emaldan ishlangan tishli gʻildirak (shesternya) mexanizmi joylashgan boʻlib, ushbu tasvir fermer xoʻjaliklarida ishlab chiqarish tarmogʻi jadal rivojlanayotganligining ramziy maʼnosini ifoda etadi. Uning tepa qismida quyoshdan taralayotgan nur hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi ranglaridagi emaldan ishlangan, chetlari zarhal hoshiya bilan oʻralgan bugʻdoy boshogʻi koʻrinishidagi tasvir joylashgan. Quyosh timsolining pastki qismida mamlakatimizning betakror tabiatini ifoda etuvchi yashil vodiy va moviy togʻlar hamda ikki daryo tasviri aks etgan.
- Koʻkrak nishonining yuqori qismida yangilanish, yuksalish va yaratuvchilik kabi maʼnolarni anglatuvchi koʻk rangli sakkiz qirrali yulduz joylashgan boʻlib, uning chetlari zarhal hoshiya bilan oʻralgan. Koʻkrak nishonining chetki qismlarida koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarining ramziy belgilaridan biri sifatida asalarining mumkatakchalari aks ettirilgan.
- Koʻkrak nishonining pastki qismida koʻk rangli shakldor lenta tasvirlangan boʻlib, lenta ichida ikki qatorda, tilla rangda, harflarning balandligi 2,5 millimetr boʻlgan „ILGʻOR FERMER“ yozuvi joylashgan.
Koʻkrak nishonining orqa tomoniga kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Ilgʻor fermer“, „Mehnatkash dehqon“ va „Namunali tomorqachi“ koʻkrak nishonlarini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 26.06.2018-yildagi PQ-3803-son
- ↑ „Oʻzbekistonda fermerlar uchun yangi koʻkrak nishoni taʼsis etildi“. 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
- ↑ Yangi koʻkrak nishoni. U bilan kimlar taqdirlanadilar?[sayt ishlamaydi]
Havolalar
tahrir- OʻzLiDeP ilgʻor fermerlarni taqdirladi (Wayback Machine saytida 2021-01-21 sanasida arxivlangan)
- Bulungʻurlik qishloq xoʻjaligi faollari taqdirlandilar