Ilk oʻrta asrlarda Vetnam davlati shimolda Xitoy, shimoli-g‘arbda Tay davlati, gʻarbda Laos qabilalari, janubi-gʻarbda va janubda kxmerlarning Kambujadesha imperiyasi va Tyampa davlati bilan chegaradosh bo'lgan. Vetnarnliklar qadimiy ziroatkor xalq bo'lib, asosan sholi, sabzavot yetishtirgan,ho'‘kiz boqib, ipakchilik bilan shugʻullangan, marvarid eksport qilingan. Eksport qilinadigan turli ziravorlar, dori-vor oʻsimliklar, kamyob qushlam ing patlari X itoydajuda qadrlangan. Shimoliy Vetnam tog'arida mis, temir, ruh, oltin qazilgan. Fil suyagi, karkidon shoxi katta foyda keltirgan. Poholdan toʻqilgan buyumlar Uzoq Sharqda mashhur bo'lgan. Vetnam Hindiston, Xitoy va hatto O 'rta dengiz davlatlari bilan savdo qilgan. Laungben, kabi shaharlar yirik madaniy markazlar hisoblangan. Bu davrda qol mehnatidan uncha keng foydalanilmagan. Hukmron tabaqa merosiy zodagonlar va feodaldan iborat bolgan. VI asr boshlarida Vetnam Xitoyga tobe boʻlgan. Xitoyning o 'z hokimiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan harakati ochiqdan ochiq kurashga turtki bergan. 541-yildagi umumxalq qoʻzgʻoloni oqibatida mamlakat mustaqilligi tan qilingan. yoʻlboshchisi, yirik amaldor Li Bon imperator deb e'lon qilingan. U Ilk Li sulolasiga asos solgan (541-603 y) Vetnam xalqining barcha tabaqalari ishtirok etgan urush uzoq davom etgan. Shimolda Xitoyga, janubda Tyampa davlatiga qarshi kurash olib borilgan. Tashqi siyosiy vaziyat mustahkamlangach. Bon mamlakat ichki ahvoli bilan mashgʻul bolgan. 541— yilda davlat „Vansuan imperiyasi“ (Oʻn ming bahor imperiyasi) deb nomlangan. Davlat boshqaruviga Li Bon safdoshlari kiritilgan. Mahalliy maʼmuriy boshqartmaga asosan yerli aholi vakillari olingan. 545 — yilda harbiy harakatlar qayta boshlanib, mag'lub bo'gan Li Bon Laos qabilalaridan yordam olish umidida kichik bir harbiy guruh bilan shimoliy gʻarbga qochgan. U 546-yilda mamlakat markazida jang boshlashga uringan. mag'lub boʻlgach, tog'ga chekingan. 546—547-yillarda xitoyliklarga qarshi lashkarboshi Chieu Kuang Fuk harakat qilib, 548-yilda Li Bon o'limidan soʻng amalda hukmdorga aylangan. 551 -yiIda mag'ub bo'lgan Xitoy qoʻshini Vetnamni tark etgan. Tashqi urush tugagach, imperator va qo ‘shin qoʻmondonlari o‘rtasida boshlangan ichki urush, 559-yilda mamlakatning vaqtincha ikkiga boʻlinishiga olib kelgan. Gʻarbda Ozyuyen shahrini poytaxt qilib olgan Chieu Kuang Fuk, sharqda qirol oilasi vakili Li Fat Ti hukmronlik qilgan. U rasman butun mamlakat imperatori hisoblangan, Li urug‘ a ’zolari davlatda asosiy mansablarni egallagan. 602-vilda Xitoy feodallari Vetnamga qarshi yana urush boshlab, janubga katta qoʻshin joʻnatgan. Vetnam yana Xitoy vassaliga aylangan. Li Fat Ti asir sifatida Xitoyga olib ketilgan. Ilk Li sulolasi tugagach, Vetnamda Xitoy maʼmuriy tizimi tiklangan. 622-yildan Vetnam Xitoy manbalarida „Appat“ {Annan — Boʻysundirilgan janub) deb atala boshlagan. Muhim strategik nuqtalarda Xitoy garnizonlari turgan. Lekin, amalda mamlakatni vetnamliklar boshqargan.