Ilk temir davrida ijtimoiy- iqtisodiy hayot
Hunarmandchilik
tahrirIlk temir davrida dehqonchiik va hunarmandchilikni ishlab chiqarishning asosiy sohalariga aylanishi jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Iqtisodiy hayotda hunarmandchilik asosiy o‘ringa chiqib, ayriboshlash uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Dastavall, unumdor xo‘jalik va hunarmandchilik ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirdi. Hunarmandchilik mahsulotlari - kulolchilik va temirchilik buyumlari ayirboshlash uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlarga aylandi va tovar xarakterini ola boshladi. Chunki, bu davrda ishlab chiqarish imkoniyatlari shu darajaga yetdiki, bir kishining mehnatidan unadigan daromad uning bir o‘zini boqishgagina emas, balki bir necha kishini ta’minlashga kifoya qila boshladi. Alohida hunarmandchilik markazlarining paydo bo‘la boshlashi va ularning shahar hayotining iqtisodiy asosga aylanishi tufayli savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratildi. Ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqarish savdo aloqalarini rivojlanishiga xizmat qildi.
Ilk temir davrida jamiyat taraqqiyoti
tahrirIlk temir davrida jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishi va mehnatning o‘zgartiruvchilik mohiyati – dehqonchilik va hunarmandchilik ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Temir qurollarning ishlatilishi va undan mehnat qurollari sifatida keng foydalanish ko‘plab moddiy boyliklarni yaratilishiga olib keldi. Natijada ijtimoiy hayotda katta o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Erkin jamoa xo‘jaliklarida jamoa a’zolari orasida tabaqalanish jarayoni boshlanadi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining o‘rganish jarayonida mulkiy tengsizlik dastlab chorvador aholi orasida ko‘zga tashlanganiligini ko‘rsatadi.
Mulkiy tabaqalanish
tahrirBu davrda o‘troq chorvachilik o‘rnini ko‘chmanchi chorvachilik egallaydi. Chorvadorlarning tez-tez ko‘chishi dehqonlarni notinchlik va xavf-xatarni oldini olish choralarini qidirishga majbur qiladi. Buning natijasida esa, mudofaa devorlari bilan o‘ralgan dehqonchilik hududlari (qishloqlar, shaharlar) paydo bo‘la boshlaydi. Jamoa a’zolari o‘rtasida mulkiy tengsizlikning paydo bo‘lishi arafasida siyosiy hayotda ham o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Jamoani boshqarishda oqsoqollar kengashi katta o‘rin tutgan. Oqsoqollar kengashi qo‘lida harbiy, diniy va dunyoviy hokimiyat bor edi. Jamoada moddiy boyliklar to‘planishi va taqsimoti jarayonida ham albatta boylik dastlab oqsoqollar qo‘lidan o‘tar edi. Boylik avvalo jamoa oqsoqollari, harbiy boshliqlar, mo‘tabar shaxslar qo‘lida to‘plangan (Moddiy boyliklarning to‘planishi yo‘llari: urug‘lar o‘rtasidagi urushlar, iqtisodiy jihatdan mustahkam va harbiy jihatdan kuchli jamoalar kuchsiz jamoalarni asir olishi, qul sifatida ishlatishi, unumdor yerlarni taqsimlanishi va hokazolar). Urug‘, jamoa oqsoqollari avvallari jamoalarni, jamoa mulkini oson boshqarar edi. Boshqaruv tizimida halollik, fidoyilik va demokratiya printsiplari bor edi. Ammo sinfiy tabaqalanish jarayoni kuchaygan sari jamiyatni boshqarish qiyinlashadi. Chunki boyliklarni taqsimlashda, jamoani boshqarishda demokratik printsiplar buzila boradi, adolatsizliklar kelib chiqadi. Natijada o‘z-o‘zini boshqarish tizimi buzilib, jamiyatni boshqarishning harbiy demokratiya davri boshlanadi (Topshiriq va buyruqlarning bajarilishi jamoa a’zolari uchun qonuniyligi).
Adabiyotlar Ro'yxati
tahrirARXEOLOGIYA. Z.M.Qodirov. T. 2021.y
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |